Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mart oyining ikkinchi yarmida tabiiy gaz uchun bazaviy me’yor 50 kub metrni tashkil etadi
Iste’molchilar 16 martdan 31 martgacha yana qo‘shimcha 50 kub metr tabiiy gaz uchun imtiyozli narxda to‘lov qiladi. Bazaviy me’yordan oshiqcha ishlatilganda to‘lovlar 1800 so‘mdan hisoblanadi.
Foto: Getty images
O‘zbekistonda gaz iste’moli bo‘yicha qishki bazaviy me’yor muddati tugadi. Bu haqda Enegetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zgidromet 16−20 mart kunlari respublika hududlarida havo harorati kunduzi +22°S gacha, kechasi +10°S bo‘lishi e’lon qildi. Shu munosabat bilan, 16 martdan boshlab 1 noyabrga qadar har oy uchun 100 kub metrgacha (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1 oktyabrgacha) bazaviy me’yor amal qiladi.
Mart oyining qolgan kunlari uchun bazaviy me’yor 50 kub metr etib belgilandi.
Qayd etilishicha, bir oylik 500 kub metr bazaviy me’yor oyning birinchi yarmi uchun (1−15 mart kunlari) teng ulushlarda taqsimlanganda 250 kub metrni tashkil etadi. Bir oylik 100 kub metr bazaviy me’yor oyning ikkinchi yarmi uchun (16−31 mart kunlari) teng ulushlarda taqsimlanganda 50 kub metrni tashkil etadi va mana shu 50 kub metr gaz uchun ham aholi iste’molchilari bazaviy me’yor doirasida, ya’ni 1800 so‘mdan emas, 1000 so‘mdan to‘lov amalga oshiradi.
«Tabiiy gaz iste’molidagi barcha hisob-kitoblar bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarga «Hududgazta’minot» AJ va uning hududiy filiallari tushuntirishlar beradi», deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lumot uchun, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun har oyda quyidagi miqdorda kompensatsiya beriladi:
- elektr uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt/soatdan keyingi) 150 kVt/soatgacha;
- gaz uchun — qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha ba’zaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun.
Mavzuga oid
22:33 / 25.03.2026
Shavkat Mirziyoyev huzurida neft-gaz tarmog‘idagi ishlar ko‘rib chiqildi
07:49 / 19.03.2026
Jahon gigantlari energiyani qaysi manbalardan oladi?
10:40 / 17.03.2026
Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
12:43 / 03.03.2026