Jamiyat | 13:52 / 28.10.2020
6018
1 daqiqa o‘qiladi

Sud Urganchda tadbirkorlar e'tirozini uyg‘otgan savdo markazi qurilishini to‘xtatish haqida qaror chiqardi

Shu yilning mart oyida, Urganch markaziy dehqon bozoridagi avtomobillarni saqlash joyida «URGANCH ECO SHOPPING CENTER» MChJ tomonidan ko‘p qavatli savdo majmuasining qurilishi boshlangan va bu qator tadbirkorlar noroziliga sabab bo‘lgan edi.

Kun.uz saytida bu haqda 17 iyun kuni «Urganchda yangi savdo kompleksi qurilishi tadbirkorlar noroziligiga sabab bo‘lmoqda» nomli maqola e'lon qilingandi.

27 oktabr kuni Urganch tumanlararo iqtisodiy sudida savdo majmuasining qurilishi noqonuniy deb topildi.

Sud qurilishni to‘xtatish va yer maydonini avvalgi (avtomobillarni saqlash joyi) holiga keltirish haqida qaror qabul qildi.

Shuningdek, sud «URGANCH ECO SHOPPING CENTER» MChJ bu qaror ustidan belgilangan tartibda shikoyat berish huquqiga ega ekanini qayd etdi.

Ayni paytda savdo majmuasining qurilishi davom etmoqda va 3ta qavati qad rostlagan.

Mavzuga oid