Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xivadagi Kongress markazi va Farg‘onadagi ekspomarkaz loyihasi prezidentga taqdim etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Jumladan, Xiva shahrida Kongress markazi, Konfutsiy instituti va Lyu Ban ustaxonasi, Urganch–Xiva avtomobil yo‘liga muqobil yangi yo‘l, Farg‘ona shahrida ekspomarkaz, Burxoniddin Marg‘iloniy ilmiy-tadqiqot markazi, Buxoro davlat universiteting yangi zamonaviy kampusi va boshqalar taqdim etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzuridagi taqdimotda turli hududlardagi bunyodkorlik rejalari ko‘rib chiqildi.
Jumladan, Xiva shahrida Kongress markazi va tarixiy-etnografik bog‘ barpo etilishi rejalashtirilgan. Bu inshootlar shaharda yirik xalqaro anjumanlar o‘tkazish va turistlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladi.
Qurilishi rejalashtirilgan Konfutsiy instituti va Lyu Ban ustaxonasida madaniy va ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish uchun sharoitlar yaratiladi.
Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish doirasida uning infratuzilmasini kengaytirish, yo‘lovchilar va yuklarga xizmat ko‘rsatish sifatini, logistika imkoniyatlarini oshirish orqali hududning transport salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Urganch vokzalidan yangilangan aeroportga alohida temiryo‘l liniyasi tortilishi natijasida yo‘lovchilar uchun qulaylik yanada oshadi.
Shuningdek, mavjud Urganch–Xiva avtomobil yo‘lini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda unga muqobil bo‘ladigan yangi avtoyo‘l qurish rejalari taqdimot qilindi.
Farg‘ona shahrida ekspomarkaz qurish loyihasi ham muhokama qilindi. Mazkur majmuada xalqaro ko‘rgazmalar, biznes forumlar va yirik tadbirlar o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratilishi, bu esa hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, Burxoniddin Marg‘iloniy ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish loyihasi taqdimot qilindi. Markazda ma’naviy meros va ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida xalqaro darajadagi faoliyatni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy ilmiy maktab shakllantirish ko‘zda tutilgan.

Buxoro davlat universiteting yangi zamonaviy kampusini barpo etish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi. Universitetda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qulay ta’lim va ilmiy muhit yaratish zarurligiga e’tibor qaratildi.
Rejalashtirilgan loyihalardan biri – Toshkent shahrida zamonaviy badiiy gimnastika majmuasi. Ushbu markazda yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish va professional badiiy gimnastikachilarni tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
Prezident loyihalarni amalga oshirishda sifat, qulaylik va zamonaviy talablarga qat’iy rioya qilish, shaharsozlik madaniyatini yuksaltirish hamda aholi ehtiyojlarini inobatga olish muhimligini ta’kidlab, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026