Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro o‘ziga nisbatan qilingan suiqasddan ko‘zlangan maqsadni aytdi
Foto: AP Photo / Xinhua
Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga suiqasd uyushtirishdan maqsad mamlakatni zo‘ravonlik botqog‘iga botirish bo‘lgan.
"Ular nafaqat prezidentni, balki mamlakatni, tinchlik, demokratik g‘oyalarni o‘ldirishga, Venesuela siyosiy va ijtimoiy hayotini zo‘ravonlik botqog‘iga botirishga urinishdi", — dedi u davlat televideniyesida chiqish qilib.
Maduroning ta'kidlashicha, u fitnachilar tomonidan minbar tomon yo‘llangan uchuvchisiz uchar qurilmani shaxsan ko‘rgan.
"U shovqin solib boshimiz uzra o‘tdi. Men nutq so‘zlashda davom etdim va dron minbar tomon harakatlana boshladi. Agar u oldimizda paydo bo‘lganida bizni o‘ldirish uchun soniyalar kifoya qilardi", — dedi prezident.
Maduro shuningdek, dron portlashidan teshilib ketgan harbiylar furajkasini va qon izlari bo‘lgan metall sharchani namoyish qildi.
"Bu menga va senga qarshi qaratilgan terrorchilik hujumi edi", – dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dronlarni ikkita guruh boshqargan, terrorchilarning bir guruhi Kolumbiyaning Norte-de-Santander departamentidagi Chinakote shahrida tayyorgarlikdan o‘tgan.
Maduro shuningdek, dastlabki gumonlanuvchilar hujumdan 10-15 daqiqa o‘tiboq qo‘lga olinganini ma'lum qildi.
"Menga ichki ishlar vaziri Reverol qo‘ng‘iroq qilib, dronlarni boshqarishda gumonlangan ikki shubhali shaxs qo‘lga olinganini, ular suiqasdga aloqador bo‘lishlari mumkinligini xabar qildi. Yana bir necha daqiqadan so‘ng ikkinchi guruh qo‘lga olindi.
Endi guruhlarni boshqargan tashkilotchilar va ularning moliyachilarini aniqlaymiz", – dedi prezident.
Venesuela yetakchisi suiqasdda muxolifat yetakchilaridan biri Xulio Borxes va parlament deputati Xuan Rekesensni aybladi. U AQSh va Kolumbiya hukumatlaridan suiqasdga aloqador shaxslar haqida ma'lumot berishlarini so‘radi.
Shanba kuni Maduro nutq so‘zlayotgan minbar tomonga portlovchi modda o‘rnatilgan bir nechta dron yo‘naltirildi. Xabarlarga ko‘ra, suiqasd vaqtida yetti kishi jarohatlangan.
Maduro suiqasd uyushtirishda muxolifat va Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosni aybladi. Kolumbiya TIV voqeaga aloqadorligini rad etdi.
Mavzuga oid
16:06 / 12.12.2025
«Maduro mutlaqo yolg‘iz qoldi». Venesuelani eng kuchli ittifoqchilari tashlab ketdimi?
15:57 / 03.12.2025
Maduroning imkoniyatlari tugadi. Uning Tramp bilan telefon muloqoti haqida nimalar ma’lum?
01:11 / 01.12.2025
Maduro qachon iste’foga chiqishi mumkinligini aytdi – OAV
19:17 / 27.11.2025