15:22 / 13.11.2019
0
3819

«O‘zpaxtasanoat» AJ tizim korxonalari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish borasida davlat miqyosida talay ishlar qilinmoqda. Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta'minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda «O‘zpaxtasanoat» AJ va uning tizimida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish yuzasidan joriy yilning 9-11 noyabr kunlari sportning futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

«O‘zpaxtasanoat» AJ tizimidagi bu o‘ziga xos turnir murosasiz bahslar ostida kechdi. Unda jami 12 ta jamoa qatnashdi. Jamoalarning ishtiroki ularning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yaqqol namoyon qildi. Ular musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rganliklarini ko‘rsatdilar.

 

 

Bo‘lib o‘tgan musobaqa yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni «O‘zpaxtasanoat» AJ jamoasi qo‘lga kiritdi, «Paxtasanoat ilmiy markazi» AJ jamoasi 2-o‘rinni olgan bo‘lsa, 3-o‘rin - Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari jamoalariga nasib etdi.

 

G‘olib jamoalar a'zolariga «O‘zpaxtasanoat» AJ Boshqaruv raisining qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, kelgusida jamiyat tomonidan boshqa sport turlari bo‘yicha ham shu kabi qizg‘in bellashuv va musobaqalar doimiy ravishda o‘tkazib borilishi rejalashtirilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top