Murojaatda yozilişiça, Xalilov rahbarligidagi korxona 2018-2019 yillarda Qaşqadaryo viloyatidagi bir neçta paxta tozalaş zavodlariga özaro şartnoma asosida ehtiyot qismlar yetkazib bergan.
Ammo, hanuz paxta tozalaş zavodlari şartnomada körsatilgan mablağlarning bir qismini «Muborakneftgazmexanikta'mir» korxonasiga tölab bermayapti.


Xalilovning özaro şartnomada körsatilgan mablağlarni tölab berişni sörab qilgan oğzaki murojatlariga uning korxonasidan qarzdor paxta tozalaş korxonalari rahbarlari «Biz işlab çiqargan tola uçun mablağlar töğridan-töğri bizning hisobimizga emas, balki «Özpaxtasanoat» AJ hisob raqamiga tuşadi. Agar «Özpaxtasanoat» AJ bizga mablağ tuşirib bersa, keyin korxonangizga qarzlarni tölaymiz. Hozir hisobimizda yetarli mablağ yöq. Mablağ tuşgaç qarzlarni tölab beramiz», qabilida javob berişgan.
Tadbirkorning aytişiça, ular bir neça oydan beri şu javobni berişyapti va qarzni tölamaslik uçun bahona qilişmoqda.
N.Xalilov uşbu masala yuzasidan 2019 yil 5 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Boş vazirining tadbirkorlar murojatlarini körib çiqiş qabulxonasining Qaşqadaryo viloyatidagi mudiri M.Eşnazarov nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Keyin esa, 3 dekabr kuni Koson tumanida Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonalari faoliyatini taşkil etiş va muvofiqlaştiriş kotibiyati mudiri G.Ziyayev ötkazgan sayyor qabulda qatnaşib, undan korxonasiga tegişli pullarni undirib berişda yordam söraydi.
Öşanda G.Ziyayev «Özpaxtasanoat» AJ boşqaruv raisi A.Maksudovga «Muborakneftgazmexanikta'mir» xususiy korxonasi rahbarining paxta tozalaş aksionerlik jamiyatlaridan pulini undirib beriş haqidagi murojatini bir hafta mobaynida körib çiqib, natija böyiça tadbirkor va Vazirlar Mahkamasini xabardor qilişi haqida topşiriq beradi.
«Özpaxtasanoat» AJning javob xatida haqiqatan tizimidagi bir qator korxonalarning «Muborakneftgazmexanikta'mir» xususiy korxonasidan 151 million 424 ming 600 söm miqdorida qarzdorligi mavjudligi qayd etilgan va «Muborakneftgazmexanikta'mir» XKdan korxona ehtiyojlari uçun tovar moddiy boyliklarini xarid etişda Özbekiston Respublikasi Davlat xaridlari töğrisidagi Qonuni hamda Prezidentining 2018 yil 27 sentyabrdagi PQ-3953-sonli «Özbekiston Respublikasining Davlat xaridlari töğrisidagi Qonunini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Qarori talablariga rioya etilişi ta'minlanmasdan, ya'ni tanlov yoki tender savdolari ötkazilmasdan turib, ta'minotçi korxonalar bilan töğridan-töğri şartnoma tuzilgani aytilgan.






















