Prezidentimizning “Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari işlab çiqarişni taşkil etiş va aholi bandligini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq, aholi bandligini ta'minlaş maqsadida tikuv-trikotaj majmualarini taşkil etiş böyiça 2019-2021 yillar davomida jami 271 ta tikuv-trikotaj majmualarini taşkil etilişi natijasida 81 mingga yaqin xotin-qizlar bandligini ta'minlaş belgilangan.

Jumladan, paxta tozalaş korxonalari ta'sisçiligida “Baraka paxta teks” MÇJ taşkil etilib, uşbu korxona taşabbusi bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda hududiy “Baraka çevarlari” MÇJlari taşkil etildi.

Ilğor xorijiy davlatlar tajribasidan kelib çiqib, innovatsion texnologiyalarga asosan, arzon va mamlakatimizda işlab çiqariladigan quriliş materiallaridan foydalangan holda majmuaning na'munaviy loyihasi işlab çiqilib, tegişli vazirlik va idoralar bilan kelişgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Joylarda qurilayotgan tikuvçilik majmularida olib borilayotgan işlarni doimiy nazorat qilib boriş maqsadida “Özpaxtasanoat” AJ tomonidan qabul qilingan buyruqqa asosan Jamiyatning boşqarma boşliqlari va mas'ul xodimlaridan Işçi guruhini tuzgan holda har bir hududga biriktirildi va 2019 yilda taşkil etilişi rejalaştirilgan 78 ta tikuvçilik majmualari dislokatsiyasi tegişli vazirlik va idoralar bilan kelişildi.

Bugungi kunda 2019 yil davomida taşkil etilişi belgilangan 78 ta majmua örniga Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimlikliklari bilan kelişilgan holda respublikaning 71 ta tumanida jami 97 ta tikuvçilik majmualari barpo etilmoqda. Majmualar işga tuşirilişi natijasida 27550 ta yangi iş örinlari yaratilişi közda tutilgan.