11ta taşkilot “Özpaxtasanoat” AJ tarkibidan çiqariladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpoğiston Respublikasida zamonaviy agrosanoat klasterini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasida aytilgan.

Hujjat bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, “Özpaxtasanoat” AJ, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining:

a) “Qoraqalpoqpaxtasanoat hududiy birlaşmasi” AJ va uning tarkibiga kiradigan taşkilotlarni röyxat böyiça “Özpaxtasanoat” AJ tarkibidan çiqariş;

b) “Qoraqalpoqpaxtasanoat hududiy birlaşmasi” AJ ustav kapitalidagi röyxat böyiça aksiyalar paketini, istisno tariqasida, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşiga beriş;

v) “Qoraqalpoqpaxtasanoat hududiy birlaşmasi” AJni qayta taşkil etiş va uning bazasida tarkibiga taşkilotlarni kiritiş orqali mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Qoraqalpog`iston agrocluster” zamonaviy agrosanoat klasterini taşkil etiş;

g) davlat uluşini köpaytiriş hisobiga va keyinçalik “Özpaxtasanoat” AJ ustav kapitalidagi davlat uluşini tegişli ravişda kamaytiriş orqali “Qoraqalpoğiston mintaqaviy paxta terminali” MÇJ ustav kapitalida “Özpaxtasanoat” AJga tegişli uluşni Agroklaster ustav kapitaliga balans qiymatida beriş;

d) “Qoraqalpoqpaxtasanoat hududiy birlaşmasi” AJning “Özpaxtasanoat” AJ oldidagi karzini, davlat uluşini köpaytiriş hisobiga va keyinçalik “Özpaxtasanoat” AJ ustav kapitalidagi davlat uluşini tegişli ravişda kamaytiriş orqali söndiriş;

ye) 2020-2023 yillarda “Qoraqalpog`iston agrocluster” MÇJ va uning tarkibiga kiradigan taşkilotlar tomonidan amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari töğrisidagi takliflariga rozilik berilişi mumkin.

“Özpaxtasanoat” AJ tarkibidan çiqarilayotgan taşkilotlar röyxati:

“Qoraqalpoqpaxtasanoat hududiy birlaşmasi” AJ

“Amudaryo paxta tozalaş” AJ

“Xöjayli paxta tozalaş” AJ

“Beruniy paxta tozalaş” AJ

“Törtköl paxta tozalaş” AJ