Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Krasnoyarskda Rosgvardiya xodimlari Jaloliddin Ahmadaliyev konsertiga bostirib kirdi
Rosgvardiya xodimlari ziyofatdagi shaxslarning hujjatini tekshirgan, ularning yoni xizmat iti bilan tekshirilgan, bir guruh erkak yelkama-yelka saf tortgan holda olib chiqilgan, ayrimlari qo‘li qayrilgan holda olib ketilgan.
Foto: Videodan kadr
Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi. Yemelyanovskiy tumanida huquq-tartibot idoralari xodimlari «Korona» ziyofat zalida o‘tkazilgan tadbirga bostirib kirdi, deb xabar berdi Newslab.
Qayd qilinishicha, Rossiya IIV, FXX va Rosgvardiya maxsus kuchlari xodimlari «noqonuniy migrantlar» va giyohvand moddalar savdosiga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash maqsadida reyd o‘tkazgan.
Ta’kidlanishicha, o‘zbekistonlik qo‘shiqchi Jaloliddin Ahmadaliyev konserti bo‘lib o‘tayotgan ko‘ngilochar muassasaga bostirib kirgan huquq-tartibot idoralari xodimlari 620 nafar mehmonni tekshirgan, ulardan 210 nafari xorijlik ekani aytilmoqda. Ularning yonidan erkin muomalaga chiqarilishi taqiqlangan buyumlar yoki moddalar topilmagan.
Taqdim etilgan videolavhada Rosgvardiya xodimlari ziyofatdagi shaxslarning hujjatini tekshirayotgani, ularning yoni xizmat iti bilan tekshirilgani, bir guruh erkak yelkama-yelka saf tortgan holda olib chiqilgani, ayrimlari qo‘li qayrilgan holda olib ketilgani ko‘rinadi.
Shu bilan birga, 26 nafar xorijlik politsiya bo‘limiga olib ketilgan, ulardan 8 nafari Rossiyada noqonuniy ravishda bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Reyd yakunlari bo‘yicha politsiya xodimlari 19 ta ma’muriy bayonnoma tuzgan: chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan Rossiyaga kirish yoki bo‘lish qoidalari va immigratsiya qoidalarini buzganlik uchun.
Bundan tashqari, Rossiya Jinoyat Kodeksining «Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni soxta hisobga qo‘yish» moddasi bo‘yicha 3 ta material to‘planib, holat yuzasidan tekshiruv boshlangan.
Mavzuga oid
22:54 / 24.12.2025
Rossiya Ukraina bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini rad etdi
22:34 / 24.12.2025
Moskva aeroportlarida biometriya topshirgan migrantlarning 10 foizi Rossiyaga kiritilmadi
19:43 / 24.12.2025
Durov Putin 2013 yilda unga Rossiyada emas, balki xorijda biznes yuritishni maslahat berganini aytdi
15:22 / 24.12.2025