Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va AQSh Alyaska va Chukotka o‘rtasidagi tunnel bo‘yicha shartnoma imzolashi mumkin
Qurilish 8 yildan kamroq vaqt olishi mumkin. AQSh prezidenti Donald Tramp bu g‘oyani qiziqarli deb atagan.
Rossiya va AQSh 5 iyun kuni Chukotka va Alyaska o‘rtasidagi tunnelni loyihalash bo‘yicha kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya prezidentining xorijiy mamlakatlar bilan investitsiyaviy-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Kirill Dmitriyev Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida jurnalistlarga ma’lum qildi.
«Tunnelga kelsak. Ertaga tunnel loyihalashtirishni davom ettiramiz degan kelishuvni imzolaymiz. Tunnel bo‘ladi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi yirik infratuzilma loyihalaridan biri bo‘ladi», dedi Dmitriyev.
2025 yil oktabr oyida Kirill Dmitriyev Bering bo‘g‘ozi orqali Rossiya va Alyaskani bog‘laydigan tunnel loyihasini taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha an’anaviy usullar bilan qurilsa 65 milliard dollardan ortiq, Ilon Maskning The Boring Company texnologiyasidan foydalanilsa esa 8 milliard dollardan kam bo‘ladi. Qurilish 8 yildan kamroq vaqt olishi mumkin. AQSh prezidenti Donald Tramp bu g‘oyani qiziqarli deb atadi.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
08:45 / 24.06.2026