Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internetda Quyosh tizimidagi eng katta mitti sayyora uchun nom tanlanadi
Foto: Roberto Molar Candanosa/Carnegie Institution for Science
2007 yilda Quyosh tizimidagi eng katta mitti sayyorani topgan astronomlar barcha istovchilarga sayyora uchun uchta variantdan nom tanlashni taklif qilishdi. Sayyora shartli ravishda 2007 OR10 deb belgilangan.
“Barcha kichik samo jismlarini birinchi bo‘lib ochganlar keyingi 10 yil ichida unga nom berish huquqini oladilar”, deb aytgan sayyorani ochganlardan biri, amerikalik sayyorashunos Megan Shuomb.
Koyper kamariga kiruvchi plutoidning diametri 1600 kmga yaqinni tashkil qiladi. Mitti sayyora taniqli sayyorashunoslar Megan Shuomb va Maykl Braun tomonidan ochilgan.
Foydalanuvchilar sayyora uchun quyidagi nomlardan birini tanlashlariga to‘g‘ri keladi: Gungun, Xolda va Vili.
Ta'kidlanishicha, ovoz berish 10 maygacha davom etadi. Shundan keyin eng ko‘p ovoz to‘plagan nom Xalqaro astronomik ittifoqqa ma'qullanish uchun jo‘natiladi.
Mavzuga oid
07:15 / 22.11.2025
Yerdan tashqari okeanlar: Quyosh tizimida suvning asosiy zaxirasi qayerda?
07:47 / 01.10.2025
Infografika: Quyosh tizimi cho‘qqilari oldidagi mitti Everest
22:22 / 29.02.2024
Astronomlar Quyosh tizimidagi to‘qqizinchi sayyorani kashf etishga yaqin
23:42 / 30.05.2019