Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xarajati kam, daromadi yaxshi mashg‘ulot – navoiylik savatchi kuniga 10dan ortiq savat to‘qib sotyapti
Navoiy shahrida yashovchi Jahongir Ergashev 16 yildan beri savatchilik bilan shug‘ullanadi. Hunarmand mahsulot uchun asosiy xomashyo hisoblangan maxsus navli tolni ham o‘zi yetishtirmoqda.

Jahongir Ergashevga savat to‘qishda oila a’zolari, farzandlari ham ko‘maklashadi. Hunarmand avvaliga xomashyoni zaxira qilib oladi. Buning uchun, Karmana tumani hududidagi ekin maydonidan o‘zi yetishtirgan maxsus navli tollardan novdalar kesib keladi. Keyin ularni qaynatib, po‘stini shiladi. Ishning navbatdagi bosqichi – novdalarning o‘zak qismini olib tashlash. Bu uchun hunarmand maxsus uskunadan foydalanadi. O‘zak qismi olib tashlanmagan novda savat to‘qish jarayonida sinib ketadi.
“Bu ish bilan shug‘ullana boshlaganimga 16 yil bo‘ldi. Savat – to‘qib mahalliy bozorda sotsa bo‘ladigan mahsulot. Hamyonbopligi uchun doimo xaridori topiladi. Yillar davomida o‘z ustimda ishlab, turini ko‘paytirdim. Shogirdlarga o‘rgatyapman. Og‘ir ish emas, jismoniy kuch talab qilmaydi. Ammo mayda ish. Hamma detallariga e’tibor berish kerak. Biroz zerikarli bo‘lgani uchun shogirdlarim kam. Daromadi yomon emas. Kuniga 10 ta savat to‘qishim mumkin. Oyiga 3-4 mln so‘m daromad qilsa bo‘ladi”, — deydi Jahongir Ergashev.

Hunarmandning ta’kidlashicha, novdadan uy-ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan ko‘plab buyumlarni to‘qish mumkin. Muhimi, savat to‘qishda mix va sim ishlatilmaydi. Barcha qismi novdaning o‘zidan to‘qiladi. Savatning asosiy xaridorlari bozorlarda meva-cheva sotuvchi savdogarlar.

Jahongir Ergashev hunarini farzandlariga ham o‘rgatib bormoqda. U yaqin vaqt ichida mahsulotlarini eksport qilishni ham rejalashtiryapti.
Ruslan Saburov,
Kun.uz muxbiri.
Montaj ustasi – Abduqodir To‘lqinov.
Mavzuga oid
12:57 / 05.01.2026
Navoiyda avtobus YTHga uchradi. 2 kishi halok bo‘ldi
23:25 / 27.12.2025
Navoiyda noqonuniy tarzda qariyb yarim tonna baliq ovlaganlar ushlandi
14:58 / 17.12.2025
Navoiy IIBda 13 nafar xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi
14:10 / 09.12.2025