Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
11 may kuni umumta’lim maktab yuqori sinflarida dars o‘tiladi – vazirlik
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (bog‘chalarda) dam olish kuni bo‘ladi. Nodavlat ta’lim muassasalarida dam olish kunlarini belgilash o‘z ichki tartib-qoidalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Foto: Kun.uz
11 may kuni umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari uchun dars soatlari tashkil etiladi, deb xabar berdi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.
Shu bilan birga, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 11 may dam olish kuni hisoblanadi.
Nodavlat ta’lim muassasalarida dam olish kunlarini belgilash mazkur ta’lim muassasalarining o‘z ichki tartib-qoidalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ta’kidlanishicha, «2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi prezident farmoniga ko‘ra, 9 may — Xotira va qadrlash kuni bayrami besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni mos ravishda 2026 yil 11 may kuniga ko‘chirilishi belgilangan.
Mavzuga oid
23:33 / 17.04.2026
Maktablarda yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari sanasi belgilandi
09:46 / 21.02.2026
2026 yilda ayrim bayramlar dam olish kunlariga to‘g‘ri keladi: xodimlar necha kun dam oladi?
11:20 / 05.12.2025
Konstitutsiya kuni munosabati bilan necha kun dam olinadi?
22:33 / 04.12.2025