Ma’lum qilinişiça, 2026 yil 21 mart — Navröz bayrami haftada 5 kun işlaydiganlar uçun şanba dam oliş kuniga töğri keladi. Şuningdek, Ramazon oyi 19 fevraldan boşlanib 30 kun hisoblansa, Ramazon hayiti ham 21 martga töğri keladi.
Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq, dam oliş kuni işlanmaydigan bayram kuniga töğri kelsa, u bayramdan keyingi iş kuniga köçiriladi. Şu asosda 21 mart şanba kuni 23 mart duşanbaga köçiriladi.
Haftada 5 kun işlaydiganlar uçun:
- 21 mart — bayramlar;
- 22 mart — yakşanba;
- 23 mart — köçirilgan dam oliş kuni.
Jami 3 kun dam oliş.
Haftada 6 kun işlaydiganlar uçun:
- 21 mart — bayramlar;
- 22 mart — yakşanba;
Jami 2 kun dam oliş.
Mutaxassislar ayrimlar uzoqroq dam olişga örgangani uçun 2–3 kunlik tanaffus qisqadek tuyulişi mumkinligini, ammo amaldagi qonunçilik şunday tartibni belgilaşini ta’kidlamoqda. Qonunçilikka özgartiş kiritilsa, bu haqda qöşimça ma’lumot berilişi aytilgan.
2026 yilda 8 mart — Xotin-qizlar kuni yakşanba, dam oliş kuniga töğri keladi.
Haftada 5 kun işlaydiganlar uçun:
- 7 mart — şanba dam oliş;
- 8 mart — bayram;
- 9 mart — köçirilgan dam oliş kuni.
Jami 3 kun dam oliş.
Haftada 6 kun işlaydiganlar uçun:
- 8 mart — bayram;
- 9 mart — köçirilgan dam oliş kuni.
Jami 2 kun dam oliş.
Amaldagi tartibga köra, bayram va dam oliş kunlari ustma-ust kelganda, dam oliş kuni keyingi iş kuniga köçiriladi.








