O‘zbekiston | 08:30 / 24.09.2022
8933
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda har 1000 kishiga o‘rtacha 90 ta avtomobil to‘g‘ri kelmoqda

2022 yil 1 yanvar holatiga respublikada jismoniy shaxslarga tegishli jami avtomobillar soni 3 268 470 tani tashkil etmoqda. 

Foto: Kun.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 90 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.

Bundan oldin avgust oyida ishlab chiqarilgan avtomobillar to‘g‘risida ma’lumot berilgandi.

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yil avgust oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni bo‘yicha Lacetti-Gentra yetakchilik qilyapti - 7 876 dona.

Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, shu davr mobaynida 7 757 dona Cobalt hamda 6 843 dona Damas avtomobili ham ishlab chiqarilgan.

Mavzuga oid