Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida suğurta xizmatlari hajmi 10,9 trln sömni taşkil etgan.
Qayd etilişiça, mazkur körsatkiç 2024 yilning mos davriga nisbatan 2,9 trln sömga oşgan.
Ma’lumotlarda suğurta xizmatlari tarkibida eng katta uluş baxtsiz hodisalardan suğurtalaş, avtotransport vositalari va boşqa transport turlarini suğurtalaş, yuk va mulkni suğurtalaş hamda boşqa turlar hissasiga töğri kelgani keltirilgan. Uşbu yönalişlar jami hajmda 81,7 foiz uluşni taşkil etgan.
Şuningdek, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida qayta suğurtalaş xizmatlari uluşi 14,1 foiz, hayotni suğurtalaş böyiça xizmatlar uluşi esa 4,2 foiz ekani ma’lum qilingan.











