Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurafshon va Bektemirni bog‘lovchi tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
«Qo‘yliq» bozoridan Toshkent viloyati Nurafshon shahri markazigacha 23 kilometrlik yangi yo‘l infratuzilmasi quriladi. Loyihaga ko‘ra, yo‘l 6 tasmali qilib quriladi, avtobuslar yo‘lagi yo‘l o‘rtasida joylashadi, bekatlarga kirib-chiqish xavfsiz tashkil etiladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent viloyatida Nurafshon shahridan Toshkent shahrining Bektemir tumanigacha tezyurar (ekspress) avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Bus rapid trans (BRT) tizimi konsepsiyasi ma’qullandi.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining tegishli qaroriga ko‘ra, mazkur loyiha jamoat transporti tizimini rivojlantirish, aholi uchun qulay va tezkor qatnovlarni ta’minlashga qaratilgan.
Qarorga muvofiq, Nurafshon–Bektemir yo‘nalishida BRT tizimini joriy etish bo‘yicha konsepsiya tasdiqlandi va ijroga qabul qilindi.

Infratuzilma an’anaviy avtomobil yo‘li, BRT (tezkor avtobus yo‘lagi), piyodalar yo‘laklari, 9 ta bekat, yo‘l o‘tkazgichlar, yerosti yo‘llari va ko‘priklarni qamrab oladi.
Loyihaga ko‘ra, yo‘l 6 tasmali qilib quriladi, avtobuslar yo‘lagi yo‘l o‘rtasida joylashadi, bekatlarga kirib-chiqish xavfsiz tashkil etiladi.
Loyihani amalga oshirish doirasida yo‘nalish bo‘ylab zamonaviy tezyurar avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish, transport infratuzilmasini yaxshilash hamda yo‘lovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, «Yo‘linjiniringloyiha» MChJ tomonidan loyiha ishlari yuzasidan doimiy ravishda axborot kiritib borilishi belgilandi.
Mazkur qaror ijrosi ustidan nazorat viloyat kengashining tegishli doimiy komissiyasi hamda mutasaddi rahbarlar zimmasiga yuklatildi.
Mavzuga oid
09:29 / 03.04.2026
Shota Rustaveli ko‘chasida avtobus piyodani urib yubordi
09:10 / 03.04.2026
Toshkent va O‘sh o‘rtasida ilk aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
14:58 / 02.04.2026
Aholi norozi: Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda
09:13 / 01.04.2026