Poytaxtdagi yana bir yaşil hududdagi daraxtlar va bolalar maydonçasi xavf ostida qolgan. Yakkasaroy tumanidagi Yunus Rajabiy mahallasi aholisi 3,5 yildan beri ularni saqlab qoliş uçun kuraşmoqda. Bu yerda maişiy kompleks qurilişi rejalaştirilgan.
Yakkasaroydagi Yunus Rajabiy mahallasi aholisi 3,5 yildan beri bolalar sport maydonçasi va 18 ta daraxtni saqlab qoliş uçun kuraşmoqda, ammo tadbirkorning ham qurilişdan voz keçiş niyati yöq. 2022 yilda auksionda tadbirkor Doniyor Yusupov tomonidan 1 milliard 300 million söm evaziga ofis binosi quriş şarti bilan qölga kiritilgan, biroq keyinçalik loyiha özgartirilib ofis, avtoturargoh, köngiloçar majmua qurilişi reja qilingan.
Aholi bu qarorga qarşi sudga murojaat qilgan, bir neça bosqiçli sud jarayonlaridan söng 2024 yil oxirida ular foydasiga qaror çiqarilgan. Şahar ma’muriy sudining taftiş instansiyasida bu holat Şaharsozlik kodeksiga zid ekani aytilgan. Çunki şaharsozlik normalari va qoidalariga köra, bunday obektlar maktab-boğçalardan 50 metrdan kam bölmagan masofada uzoq bölişi kerak. Ammo qurilişi reja qilingan bino bilan tumandagi 323-bolalar boğçasining oraliği bor-yöği 3 metr masofada loyiha qilingan.
“Bu yerda bolalar boğçasi bor, jajji bolaçalarimiz ösib-ulğayişiga tadbirkor quradigan bino salbiy ta’sir qilişi aniq. Bu xalqning noroziligiga sabab bölyapti. Nima sababdan 1 yil-u 2 oy ötib şahar prokurori örinbosari protest beryapti? Çunki biz sudlarda yutib çiqdik, isbotlandi bu yerda quriliş mumkin emasligi”, - deydi MFY raisi örinbosari Xolida Murodova.
Biroq 2026 yil fevral oyida Boş prokuratura uşbu qaror yuzasidan protest kiritdi. Unda aytilişiça, hududdagi 18 ta daraxt quriliş ostiga tuşgan va şundan 8 ta daraxtni kesiş, 2 tasini köçiriş 5 mln 100 ming söm tölov evaziga amalga oşirilişi mumkin. Bunga Ekologiya qömitasining ruxsati berilgan. Ammo Botanika boği mutaxassislari xulosasiga köra, bunday kattalikdagi daraxtlarni köçirib ötkaziş deyarli imkonsiz. Bu ularning nobud bölişiga olib kelişi mumkin. Hududdagi barça daraxtlar «Yaşil makon» dasturiga kiritilgan.
Iş 3 aprel kuni qayta körib çiqilişi kutilmoqda. Aholi Prezident administratsiyasiga ham murojaat yöllagan.
«Bu hududda issiq suv quvurlari tepadan ötkazilgan, çunki bu mahalla qurilgan paytda ularni pastdan yotqizişning iloji bölmagan. Bu yerdagi barça uylar taxminan 60 yil avval qurilgan uylar. Agar quriliş jarayonida qazişni boşlaşsa va biron bir quvurga tegişsa, butun mahalla gaz, suv yoki kanalizatsiyasiz qoladi. Hatto telefon aloqasini ham uzib qöyişi mumkin», - deya ta’kidladi yana bir fuqaro.








