Light | 14:32 / 31.08.2018
84492
3 daqiqa o‘qiladi

Maktab formasi dunyoning turli mamlakatlarida (fotojamlanma)

Buyuk Britaniya

Bizning tushunchamizdagi maktab formasi Angliyada qirol Genrix VIII hukmronligi davrida joriy qilingan, 1870 yilda mamlakatda 5 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul ta'lim to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan keyin keng ommaga tarqaldi.

Bugungi kunga kelib ham Britaniyada maktab formasini kiyish sharafli hisoblanadi. Yevropaning boshqa mamlakatlarida esa maktab formasini kiyish an'anasi asta-sekin yo‘qolib bormoqda.

Maktab formasining vatani Buyuk Britaniya bo‘lsa-da, maktab formasi majburiy hisoblangan qit'a sifatida Osiyo qayd etiladi. TripPoint yangi o‘quv yili arafasida dunyoning turli mamlakatlaridagi o‘quvchilarning maktab formalari fotojamlanmasini taqdim etdi.

Yaponiya

Kunchiqar mamlakatda maktab formasi an'anasi XIX asrda paydo bo‘lgan.

Bugungi kunda Yaponiyada shotlandcha uslubdagi maktab formasi ommalashib bormoqda, yubkalar klassik kiltni yodga soladi.

Indoneziya

Indoneziyaning davlat maktablarida o‘quvchilar diniy erkinlik tamoyili asosida kiyinishadi, ya'ni musulmon qizlarga yengi va etagi uzun yubka kiyishga ruxsat beriladi. Shuningdek qizlarning ro‘mol o‘rashiga ham hech qanday to‘sqinlik yo‘q. Umuman olganda esa, har bir maktab o‘ziga xos rang va dizayndagi kiyimlarni tanlaydi.

Malayziya

Malayziyalik maktab o‘quvchilarining formasi juda oddiy, u ishchilar kiyimiga o‘xshaydi.

Vetnam

Xoshimin ko‘chasida maktab o‘quvchilari, galstuk o‘z o‘rnida.

Shri-Lanka

Shri-Lankada maktab o‘quvchilari an'anaviy oq kiyim kiyishadi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: yomg‘irlar mavsumida o‘quvchilar qay ahvolga tushisharkin?

Meksika

Meksikada yorqin ranglardagi maktab formasini ma'qul ko‘rishadi, havorang va yashil rangli, shuningdek shotland xalq kiyimiga o‘xshash variantlar ham uchraydi: oq kofta, shotlandcha yubka.

Madagaskar

Madagaskardagi Antananarivu provinsiyasi, Anjozorb shahrida yashovchi maktab o‘quvchilarining formasi.

Honkong

Honkongda maktab formasi mamlakat Britaniya koloniyasi bo‘lgan davrda joriy qilingan, shuning uchun ularning formasi Britaniya kollej o‘quvchilarining formasiga o‘xshash.

Tailand

Tailandlik maktab o‘quvchilari va talabalar uniforma kiyishga majburdirlar, bu ko‘pincha klassik oq-qora kiyim - oq kofta, qora yubka yoki shim, lekin o‘g‘il bolalarni ba'zan ko‘k va xaki rangidagi ko‘ylaklarda ham ko‘rish mumkin.

Tayvan

Orolda maktab formasi 1895-1945 yillar oralig‘ida, Tayvan Yaponiya boshqaruvi ostida bo‘lgan davrda paydo bo‘lgan. Bugunga kelib mamlakatning boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilari forma kiyishadi. Mahalliy uniformaning o‘ziga xos jihatlaridan biri - matroslarnikiga o‘xshash galstuk.

 

Mavzuga oid