Mario Tama / Getty Images

Yanvar oyida Kaliforniyada halokatli örmon yonğinlari bölib ötdi. Sababi – tabiiy va insoniy omillar bir vaqtga töğri kelişi edi. Önlab kişilar halok böldi. Los-Anjyelesda, jumladan, Hollivudda, beş mingdan ortiq uy yonib ketdi, ular orasida Mel Gibson, Billi Kristal, Jyeff Bridjyes, Ben Afflek, Peris Hilton va boşqa köplab maşhurlarning ham uylari bor edi. Şuningdek, köplab modernistik arxitektura yodgorliklari yonib ketdi: haşamatli uylar, çerkovlar va butun posyolkalar.

Giuseppe Distefano / AFP / Scanpix / LETA

Fevral oyida Sitsiliyada Etna vulqoni otildi. Bu deyarli har yili röy beradi, ba’zida esa yiliga bir neça marta. Bu safargisi jiddiy talafotlarsiz keçdi.

Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA

Mart oyi boşida ötkazilgan «Oskar» taqdimotida striptiz barda işlovçi ayolning rossiyalik oligarx öğli bilan munosabatlari haqida hikoya qilingan «Anora» filmi asosiy sovrinlarni qölga kiritdi: Şon Beyker eng yaxşi ssenariynavis, rejissyor va montajyor sifatida taqdirlandi, Mayki Medison – eng yaxşi aktrisa deb tan olindi. Şuningdek, «Anora» «Eng yaxşi film» nominatsiyasida ğolib çiqdi. Yura Borisov (fotoda öngda) – ikkinçi plandagi eng yaxşi erkak roli uçun da’vogarlik qilgan ilk rossiyalik aktyor böldi. «Anora» 2024 yildayoq Kann kinofestivalida Oltin palma yaproği mukofotini qölga kiritgandi. 

Sergey Bobilev / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia

Rossiya qöşini mart oyi örtalarida Sudjani ozod etdi – Ukraina qurolli kuçlari Kursk oblastidagi bu şaharni 2024 yil avgustida amalga oşirilgan kutilmagan hujum vaqtida egallab olgandi. Kursk oblastida 2022 yildayoq mudofaa inşootlari qurilgandi, ammo korrupsiya tufayli ular yaroqsiz holda ekani ma’lum böldi. Holat yuzasidan bir neça jinoiy iş oçildi, Kursk oblasti sobiq gubernatori Aleksey Smirnov ham hibsga olindi (2022 yilda u oblast hukumati rahbari bölgan). 2022 yilda oblast gubernatori bölgan, keyinroq transport vaziriga aylangan Roman Starovoyt iste’foga çiqarildi. Köp ötmay u öz joniga qasd qiladi.