Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuzlab havo sharlari va noyob qoyalar makoni - Kappadokiyadan fotojamlanma
Kappadokiya – Turkiyaning markaziy qismida joylashgan, tarixiy va tabiiy go‘zalliklari bilan mashhur hudud. Bu yerda vulqonlar faoliyati va eroziya natijasida hosil bo‘lgan g‘ayrioddiy qoyalar, qadimgi shaharcha qoldiqlari va do‘ngliklar ichidagi uylarni uchratish mumkin. Kappadokiyaning eng mashhur turistik tadbiri esa – havo sharlari shousi.
Har yili minglab sayyohlar Kappadokiyaning ajoyib manzaralarini qush parvozi balandligidan turib tomosha qilish uchun bu yerga keladi. Havo sharlari parvozlari odatda tong saharda, quyosh chiqishidan oldin boshlanadi.
Sayyohlar 300 metrdan 900 metrgacha ko‘tariladigan sharlar bortida g‘ayrioddiy tabiiy relef va quyosh chiqishi manzarasidan bahramand bo‘lishlari mumkin.
Birmuncha vaqt oldin Kun.uz jamoasi Turkiyaga safari davomida Kappadokiyada ham bo‘lib, havo sharlari shousiga guvoh bo‘lgandi. Quyida bu jarayondan olingan suratlar jamlanmasi taqdim etilmoqda.





















































Suratlar muallifi – Farrux Absattarov.
Mavzuga oid
20:03 / 26.03.2026
Namanganda 150 mln dollarlik turistik majmua quriladi
21:26 / 24.03.2026
Yangi Toshkentda “Buyuk Ipak yo‘li” majmuasi quriladi
11:22 / 20.03.2026
Chet el sayohatiga chiqayotgan o‘zbekistonliklar soni o‘sishi sekinlashdi
19:42 / 18.03.2026