2026 yilning yanvar-fevral oylarida Özbekistonning 1 081 612 nafar fuqarosi turistik maqsadda çet elga safar qildi.

Bu – ötgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 49,3 ming nafarga yoki 4,8 foizga köp, deya xabar berdi Milliy statistika qömitasi.

Ösiş bir yil oldingidan keskin sekinlaşganini köriş mumkin. 2025 yilning yanvar-fevral oylarida 1 032,2 ming nafar özbekistonlik çet elga sayyohat maqsadida çiqqan va bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 21,4 foizga yuqori edi.

2026 yilning dastlabki ikki oyida Özbekiston fuqarolari eng köp borgan TOP-10 davlat (qavs içida 2025 yilning mos davridagi körsatkiç):

  • Qirğiz Respublikasi – 426 421 nafar (422 572 nafar);
  • Tojikiston – 179 390 nafar (193 348 nafar);
  • Qozoğiston – 166 017 nafar (154 716 nafar);
  • Saudiya Arabistoni – 115 350 nafar (81 173 nafar);
  • Rossiya – 62 054 nafar (48 029 nafar);
  • Turkiya – 34 634 nafar (33 039 nafar);
  • BAA – 26 449 nafar (31 787 nafar);
  • Tailand – 10 946 nafar (10 803 nafar);
  • Xitoy – 8 890 nafar;
  • Misr – 8 872 nafar (11 078 nafar).

2025 yil yanvar-fevral oylarida TOP-10talikda bölgan Viyetnam (7 876 nafar) röyxatni tark etgan, uning örnini bu yil Xitoy (8 890 nafar) egallagan.