Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Respublikada onkogematologik va boshqa o‘tkir kasalliklarning profilaktikasi, tashxis qo‘yilishi va davolashning moliyalashtirilishini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga binoan, iste'molchilar hayoti, sog‘lig‘i uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) natijasida yetkazilgan zararning to‘liq qoplanishini talab qilish huquqiga ega ekanligi, shuningdek ushbu Qonunning 20-moddasiga binoan iste'molchining hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi, shuningdek ko‘ngilli guruhlarning davlat muassasasi shaklida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Onkogematologik va boshqa o‘tkir kasalliklarga chalingan kasallarni moliyalashtirish uchun maxsus jamg‘arma tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

onkogematologik va o‘tkir kasalliklarning boshqa turlariga chalingan bolalar va yoshlarni davolash va reabilitatsiya qilish uchun mablag‘ to‘plash;

saraton va gematologik klinikalarga yordam berish;

kasal bolalarning muammolariga jamoatchilik e'tiborini jalb qilish;

beg‘araz qon topshirishni rivojlantirishga ko‘maklashish;

kasal bolalarga ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish;

bolalar saraton hamda gematologik klinika va markazlar qoshidagi ko‘ngilli guruhlar ishiga ko‘maklashish.

Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilangan:

alkogolli mahsulotlar, tarkibida shakar miqdori yuqori bo‘lgan alkogolsiz salqin ichimliklar, alkogolsiz yoki kam alkogolli energetik ichimliklarni olib kirish va sotish uchun solinadigan yig‘imlardan kelib tushadigan mablag‘lar;

tayyor tamaki mahsulotlarni (sigaretalar), chilim, elektron sigaretalar uchun tamakilarni, tamaki o‘rnini bosuvchilarni olib kirish va ishlab chiqarish (sotish) uchun solinadigan yig‘imlardan kelib tushadigan mablag‘lar;