Vazirlar Mahkamasining “Onkogematologik, onkologik, birlamçi immunodefitsit va davolaş qiyin bölgan hamda qon tizimi kasalliklarini davolaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
2022 yil 1 yanvardan boşlab Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Respublika ixtisoslaştirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan çiqarilgan va mustaqil markaz sifatida faoliyat körsatmoqda.
Onkologiya yordamini takomillaştiriş va onkologiya xizmatini yanada rivojlantiriş bilan boğliq xarajatlar uçun davlat budjetidan 2022 yildan boşlab 125 mlrd sömdan kam bölmagan miqdorda mablağ ajratilişi nazarda tutilgan.
Soğliqni saqlaş vazirligiga onkologiya va klinik immunologiyasi markazlarida davolanayotgan har bir bemor kasallik xususiyatidan kelib çiqqan holda, ularni davolaş rejasi böyiça har bir markaz uçun alohida “yöl xarita”larini işlab çiqiş, tuman (şahar)lar köp tarmoqli markaziy poliklinikalarida hamda viloyat köp tarmoqli bolalar markazlarida ommaviy skrining usulida onkogematologik, onkologik va birlamçi immunodefitsit hamda qon tizimi kasalliklarini erta aniqlaş böyiça maqsadli tekşiruvlar ötkaziş tartibi, mezonlari va bemorlarni soha mutaxassislariga yönaltiriş tartibini tasdiqlaş topşirildi.
Ilğor xorijiy davlatlar tajribasi asosida har ikki yilda gematologiya, onkogematologiya yönalişlarida taşxislaş va davolaş standartlari qayta körib çiqiladi. Onkogematologik va davolaş qiyin bölgan kasalliklar böyiça yuqori texnologiyali murakkab operatsiyalarni amalga oşiriş uçun yuqori malakali xorijiy mutaxassislar respublikaga jalb qilinadi.
Leykoz, miyeloma, limfoma, aplastik va tuğma gemolitik anemiya kasalliklariga çalingan bemorlarda autologik özak hujayralari transplantatsiyasi amaliyotini ötkaziş uçun möljallangan aseptik şaroitga ega qöşimça ikkita beş qavatli binolarni markazlar hududida quriş ham nazarda tutilmoqda.












