Hayit kuni qurbonlik söyiş kimlar uçun vojib? Qurbonlikka oid hukmlar haqida
|02:07 / 28.07.202086 11812 min
Istiqomat qilib turganimiz 2020 yilning iyul-avgust oylari – hijriy 1441 yilning oxirgi oyi – Zulhijja oyi hisoblanadi. Bu oyda Islom dunyosining eng katta bayrami Qurbon hayiti keng nişonlanadi.
Şu munosabat bilan Toşkent şahri «Novza» jome masjidi imom-xatibi Jaloliddin domla Hamroqulov bilan suhbatlaşdik. Qurbonlik hukmi va ahkomlari, Zulhijja oyining avvalgi 10 kunida qilinadigan amallar, Arafa kuni rözasi xususida söz yuritdik.
«Avvalambor, Kun.uz ijodiy jamoasini va u orqali barça vatandoşlarni yaqinlaşib kelayotgan Qurbon hayiti bayrami bilan muborakbod etaman. Boşimizga soya solib turgan Zulhijja oyi hijriy-qamariy sananing oxirgi, 12-oyi hisoblanadi. Dinimizda 4 oy harom qilingan oylar hisoblanadi, bular Muharram, Rajab, Zulqa'da va Zulhijja oylaridir. Mömin-musulmonlar uşbu oylarni qadrlaşi, e'zozlaşi va albatta, ularning haqqini halollaşi kerak böladi», – deya söz boşladi Jaloliddin domla Hamroqulov.
Qanday qilib bu oylarning haqqi halollanadi?
— Bu oylarda imkon qadar nafl ibodatlarni köpaytiriş orqali Allohga qurbat hosil qilişlik bilan böladi. Xususan, Zulhijja oyining avvalgi ön kuni – Aşri Zulhijja deyiladi, uşbu 10 kunda qilinadigan savobli amallar ajri juda ham uluğ.
Imom Buxoriy va Imom Muslimdan keltirilgan hadisi-şarifda Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men Allohning nazdida Zulhijjaning avvalgi 10 kunida qilingan solih amallarga beriladigan savobli amallarni topmadim», – dedilar. Biz: «Yo Rasulalloh, Alloh yölida jihod qiluvçi hammi?», – dedik. «Ha, magar u moli va joni bilan çiqsa-yu, undan heç narsasi qaytmasa, mustasno», – degan ekanlar.
Ya'ni, bu muborak 10 kunda qilinadigan solih amallar ajri Alloh huzurida yanada köproq böladi. Demak, mömin-musulmonlar köproq xayrli işlarni qilişsa, köproq savobga ega bölişadi, inşaalloh.
Zulhijja oyining rözasini kimlar tutadi?
— Imom Tabaroniydan rivoyat qilingan hadisda Rasulullohning odatlari zikr qilinadi. Unda Nabiy sollallohu alayhi vasallam haftaning duşanba va payşanba kunlari, oyning oydin keçalari, ya'ni 13, 14 va 15-keçalari hamda Zulhijja oyining avvalgi 10 kunida nafl röza tutardilar, degan mazmunda hadis keladi. Ulamolar, mana şundan kelib çiqib, imkon topgan, sihati kötarsa, şu oyning fazilatidan bahramand bölişni istaganlar nafl röza tutganlari afzal, deydilar.
Çunki, farz bölgan Ramazon rözasini tutişlikda uzrlik insonlarga yon bosilgan yoki boşqa kunda tutib beriş ruxsat berilgan berilgan ekan, nafl bölgan ibodatda har kim ixtiyori özida böladi.
Mavzuga oid
Şu bilan birga, mana şu 10 kun içida Arafa kuni – ertaga hayit degan kun rözasi haqida Rasuli akram alayhissolatu vassalamdan maşhur hadis bor: «Arafa kunning rözasi bir yil avvalgi va bir yil keyingi gunohiga kafforot böladi, deb umid qilaman», – deb marhamat qilganlar.
Bir kunlik röza mana şunday uluğ ajrning egasi qiladi, şuning uçun ham xalqimizning bunga iştiyoqi bor va şunga harakat qilişadi.
Biroq, Hanafiy mahzabimizda hajga borgan odam haj ibodatining amallarini bajarişi uçun quvvatini yöqotib qöymasligi vajidan röza tutmaydi. Biroq, hajga bormaganlar Arafa kunining rözasini tutsalar, katta savobga ega bölişlari yuqoridagi hadisda ham ta'kidlangan.
Bu oyda amalga oşiriladigan qurbonlikning hukmi qanday?
— Uşbu muborak oyda qilinadigan amali solihlarning eng afzali – Zulhijja oyining 10-kuni Hayit namozi öqilganidan söng, uçinçi kun quyoş botgunga qadar, ya'ni 3 kun içida, musulmon, oqil, baloğat yoşiga yetgan, muqim va zakot berişga qodir bölgan kişilarga bir jonlik söyiş vojib hisoblanadi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bu kunda eng birinçi qiladigan işimiz qurbonlik söyişdir», deydilar.
Qur'oni karimning eng kiçik «Kavsar» surasida: «Biz sizga, ey Rasululloh, Kavsarni ato etdik. Şunday ekan, Robbingizga namoz öqing va qurbonlik qiling», deyiladi. Mufassirlar uşbu oyatlar tafsirida, namozdan murod – Qurbon hayiti namozi, qurbonlikdan murod qurbonlik söyiş ekanini aytişadi. Bundan körinadiki, qurbonlik qilişlik musulmon, oqil, solih, muqim va zakot berişga qurbi yetgan insonga vojib böladi.
Zakot beruvçi va qurbonlik qiluvçi örtasidagi farq
— Şu örinda, zakot va qurbonlik orasidagi nozik qirra haqida. Mazhabimizda zakot berişdan avval nisobga yetgan mol bir yil özgarmasdan turişi şart qilingan bölsa, qurbonlik qiliş uçun nisobga yetgan moli uyda bir yil turişi şart emas. Qurbon hayiti bayrami arafasida yoki qurbonlik qiliş mumkin bölgan kunlari moli nisobiga yetsa, qurbonlik qilişi vojib böladi.
Yana bir tarafi: puldor, moli nisobiga yetgan odam musofir bölib qolsa, unga qurbonlik qilişlik vojib bölmaydi. Agar safarga ketayotgan odam moliga vasiylik qiladigan odamga: «Agar men safarda bölib qaytolmay qolsam, qurbonlik qilinglar» desa, qilsa böladi. Ammo bu sözni aytmagan bölsa, böynidan soqit böladi.
Qanday hayvonlardan qurbonlik qilinadi?
— Qöy, eçki, qora mol, qötos va tuya kabi hayvonlardan qurbonlik qilinadi.
Bizning Hanafiy mazhabimizda qöy bir kişi uçun, qora mol va tuya bir nafardan yetti nafargaça kişining nomidan söyilsa ham böladi.
Qurbonlik qilinadigan hayvonlarning yoşlari ham kitoblarimizda bayon qilingan. Qöy – 1 yoşli, qora mol – 2 yoşli va tuya – 3 yoşli bölişi kerak. Eçki-qöylarni bir kişi, qoramol va tuyani bir neça kişi qöşilib, qurbonlik qilişi mumkin.
Qurbonlikda niyat muhim
— Alohida uqtiriş kerakki, qurbonlik qilayotganlar qurbonlik niyatini qilişi kerak. Masalan deylik, 5-6 kişi qoramol qurbonlik qilişga niyat qildi, ammo ularning biri: «Özi uyga göşt olişim kerak edi, arzonga tuşadi», deb oddiy göştli böliş niyatini qildi. Bu holda boşqalarning qurbonligi ham qabul bölmaydi, soqit bölmaydi.
Eng çiroylisi va soğlomi qurbonlik qilinadi
— Qolaversa, qilinayotgan qurbonlik mukammal, çiroyli va soğlom bölişi kerak. Insonga doimo mana şunday çiroyli va sifatli narsalar yoqadi. Endi Alloh uçun, ibodat uçun ham, albatta har tomonlama mukammalining harakatini qiliş kerak.
Buning sababi nimada? Buning sababi – xolislik va uning göşti taqdim qilinadigan miskin va kambağal insonlarning könglini töldiriş. Oladigan odam ham şu göştning tozaligiga va sifatligiga işonadi va köngli xotirjam böladi.
Quloqlari yoki boşqa a'zolarida belgisi bor hayvonlar hukmi
— Ba'zi bir çöponlar boqayotgan hayvonlarini adaştirib yubormaslik uçun quloqlarini kesadi, sirğa taqib qöyişadi yoki şunga öxşagan qanaqadir belgilar qilib qöyişadi. Bu belgilar nuqson örniga ötmaydi, balki ajratiş ma'nosida aytiladi.
Kezi kelganda aytiş lozim, 85 gramm tilla narxi, ya'ni 22 mln söm puli bor odam qurbonlik qiliş niyatida bir hayvonni boqdi, deylik. Yoşligidan unga boşqaça e'tibor bilan boqdi. Endi buni qurbonlik qilib juda katta ajr topadi. Hattoki qiyomat kuni uning tezagi ham tarozu pallasiga qöyilişi haqida xabarlar kelgan.
Qurbonlik ibodati joriy bölişi tarixi
— Qurbonlik qilişning tarixi uzoq-uzoqlarga, aniqroği, Ibrohim va Ismoil alayhimussalomlarning zamonlariga borib taqaladi. Ibrohim alayhissalom payğambarlarning otalari sanaladi. Çunki Ibrohim alayhissalomdan qolgan payğambarlar tarqalgan. Sora onamizdan tuğilgan farzandlari Işoq alayhissalomdan ming-minglab payğambarlar, Hojar onamizdan tuğilgan katta öğillari Ismoil alayhissalomdan payğambarimiz Muhammad alayhissalom dunyoga kelganlar.
Ibrohim alayhissalom yolğon arafa kuni, ya'ni Zulhijja oyining 8-kuni bir tuş köradi. Unda katta öğli Ismoil alyhissalomni böğizlab qurbonlik keltirayotgan böladi. Şunda Ibrohim alayhissalom bu tuşni şaytoniy bölsa kerak deb, e'tibor qilmaydi. Lekin uç marta körganidan keyin bu Alloh tomonidan buyruq ekani aniq böladi va öğlining oldiga borib: «Ey öğlim, sizni tuşimda qurbonlik qilayotgan ekanman», – deydi. Şunda öğli: «Ey otajon, siz Allohning aytganini qiling, meni sabr qilguvçilardan topasiz, inşaalloh», deya javob qaytaradi.
Şu bilan Ibrohim alayhissalom öğlini yetaklab Mino vodiysida ketayotganlarida Ismoil alayhissalomning ortidan uç marta şayton çiqib: «Otang seni söyişga olib ketyapti», deb vasvasa qiladi. Lekin Ismoil alayhissalom uning şayton ekanini bilib toş otadi. Haj ibodatini ado etişda Mino vodiysida toş otiş şundan qolgan.
Qurbonlik qiliş odobi
— Ibrohim alayhissalom öğlini qurbonlik qilişlikka yotqizganida öğli: «Ey otajon, meni böğizlayotgan paytingizda yuzimni yerga qaratib qurbonlik qiling. Men sizga yomon nazar bilan qarab qöymayin», – deydi. Şu bois, qurbonlik qilişda qöyning quloğini bir qöl bilan uşlab, uning közi tösilib, qurbonlik hayvonini söyiş qurbonlik qiliş odobi hisoblanadi.
Ibrohim alayhissalom tiğni tortgan vaqtlarida möjiza yuz berib, tiğ Ismoil alayhissalom böyinlarni kesmaydi.
Şunda Alloh tomonidan: «Ey Ibrohim, sizning tuşingiz vojib böldi, siz va öğlingiz imtihondan ötdingiz, sizga jannatdan bir qöy ato etdik, öşani qurbonlik qilasiz», degan nido kelgan va şu paytgaça şunday bölib qolgan.
Karantin munosabati bilan tavsiyalar
— Albatta, mana şunday paytda sabr qilib, sukut saqlaş möminlarga ham qonuniy, ham ibodat tavsiyasi böladi. Çunki inson tili bilan köp xatolarni qiladi. Inson buning ortidan boşqalarga katta ziyon yetkazib qöyişi mumkin. Misol uçun, mana, ijtimoiy tarmoqlarda har xil gap-sözlar bölmoqda. Bu esa aholimiz örtasida qandaydir vahima kötarilişiga ham sababçi bölyapti. Albatta, har bir narsa behikmat emas.
Balki, bu sinovli kunlar ham ba'zi bir qilgan xatolarimizga kafforatdir. Çunki dinimizda kasallikning fazilatlaridan bittasi Allohning rahmati hisoblanadi. Bandaning kasalligi kelajakda, uning jannatda martaba topişligiga ham sabab bölişi mumkin.
Rasululloh davrlarida bir yili şu yilgiga öxşaş qiyinçilik davri bölgan. Şunda Rasulimiz alayhissalom tavsiyasi bilan qurbonlik qilingan göşt uylarda uç kungaça qolmasligi aytilgan. Keyingi yilda esa, qurbonlik qilganlar hammaga tarqatib ortganini zaxira qilib ham qöyavergan.
2020 yil ozgina maşaqqatli keldi. Şu munosabat bilan qurbonlikning hammasini tarqatişni maslahat bergan bölar edim. Bu bilan esa insonlar örtasida mehr-oqibat oşadi. Balki ba'zi bir kişilarning hozirgi kunda qora qozonida göşt qaynamayotgandir. Biz mana şunday oilalarni göşt bilan ta'minlasak, juda ham katta ajr va savobga ega bölar edik.
Alloh taolo mana şunday kunlarda savoblarni köproq qilib noma-yu amallarimizni savoblarga töldirişda Özi himmat bersin.