Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
22 may kuni «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasini jahon chempionatiga kuzatish tadbiri munosabati bilan Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda harakat vaqti-vaqti bilan cheklanadi. Cheklov 22 may kuni soat 16:00 dan soat 21:00 gacha amal qiladi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasini jahon chempionatiga kuzatish tadbiri munosabati bilan Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalar vaqti-vaqti bilan yopiq bo‘ladi, deya xabar bermoqda poytaxt Yo‘l harakatini tashkil etish markazi.
Cheklov 22 may soat 16:00 dan 21:00 gacha amal qiladi. Bu paytda quyidagi ko‘chalarda vaqti-vaqti bilan transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi:
- Chilonzor-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab Qatortol-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha;
- KHAY-Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab Chilonzor-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha;
- KHAY-Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ikkinchi darajali yo‘li bo‘ylab Bunyodkor-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha.
- Nurafshon-Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Sebzor ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov-Bunyodkor ko‘chalari chorrahasigacha;
- Islom Karimov-Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab Bunyodkor-Ikkinchi Qatortol ko‘chalari chorrahasigacha.


YHTEM haydovchilarga oldindan muqobil yo‘nalishlarni rejalashtirishni tavsiya qildi.
Mavzuga oid
15:56 / 10.10.2024
O‘zbekiston - Eron o‘yini sababli «Bunyodkor» stadioni yaqinidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi
21:22 / 17.03.2023
“Muammoning yechimi bor” – ertangi final va chipta biznesidagi olibsotarlar haqida
18:45 / 17.03.2023
«Har bahorda shu bo‘lar takror» - final chiptalari qo‘lga chiqib ketgan
10:01 / 19.06.2022