Senatda Namangan to‘qimachilik sanoatida ishlayotgan tadbirkorlar noroziligiga sabab bo‘layotgan muammo ko‘tarildi
Senatning o‘n beshinchi yalpi majlisida Namangan viloyatidan senator Anna Dobrix tomonidan to‘qimachilik sanoatida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar faoliyatida mahsulotlarni sertifikatsiya qilishda qator muammolar tug‘dirgan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi lozim bo‘lgan muvofiqlikni baholash obektlari ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi ko‘tarilgan edi.
Ushbu masala Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘rganildi. Majlisda mazkur o‘rganish natijalari haqida qo‘mita raisi E. Gadoyev ma'lumot berdi.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, asosiy muammo ishlab chiqarish uchun zarur hisoblangan mahsulotlar (mato, ip-gazlama, furnitura va boshqa xomashyolar)ning respublikaga kirib kelishida, bojxona rasmiylashtiruv jarayonida, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 yanvardagi qaroriga muvofiq bojxona brokerlari tomonidan muvofiqlik sertifikatlari taqdim etilishi talab qilinayotgani ma'lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar hamda aholini qiynab kelayotgan boshqa tizimli muammolar ham aniqlangan. Xususan, yuridik va jismoniy shaxslar qayta ishlash bo‘yicha xomashyo hamda xavfsizlik darajasi yuqori bo‘lmagan gumanitar yordam va texnik ko‘mak mahsulotlarini import qilganlarida ham muvofiqlik sertifikatlari talab etilmoqda.
Bu holatlar korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlariga salbiy ta'sir o‘tkazib, qo‘shimcha mablag‘lar sarflanishiga, chet ellik xaridorlar oldidagi majburiyatlar o‘z muddatida bajarilmayotganligiga hamda tadbirkorlar noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
Tadbirkorlik faoliyati rivojiga xalal berayotgan byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan, shuningdek, qayta ishlash (tolling) hamda gumanitar yordam va texnik ko‘mak maqsadida import qilinadigan mahsulotlarga nisbatan muvofiqlik sertifikatini olishni tatbiq etmaslik taklifi kiritilgan.
Qo‘mita raisi E. Gadoyev prezidentning 2021 yil 2 iyundagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan mahsulotlar importida soddalashtirilgan bojxona rasmiylashtiruvini joriy qilish hamda 2021 yilda sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da qator vazifalar belgilangani bois yuqoridagi muammolar hal etilishini ta'kidladi, deyiladi Senat xabarida.
Mavzuga oid
07:34 / 23.12.2024
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
14:55 / 22.12.2024
Jismoniy shaxslarga yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
17:20 / 18.12.2024
Kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trln so‘m yo‘naltiriladi - Tanzila Norboyeva
14:50 / 18.12.2024