O‘zbekistonda har 100 ming aholiga qariyb 200 tadan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘ri keldi
2024 yilda mamlakatda 132 298 ta jinoyat sodir etilgan. Jinoyatchilikning asosiy ulushini o‘g‘rilik va firibgarlik jinoyatlari tashkil etib, ularning 59,4 foizi yoshlar va 36,1 foizi ilgari sudlanganlar tomonidan sodir etilgan.

Foto: Senat.uz
2024 yilda respublikada sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 92,4 foizi fosh etilgan. Qidiruvdagi shaxslarning 8 736 nafari ushlangan va bedarak yo‘qolganlarning 567 nafari topilgan.
Bu haqda 26 fevral kuni Senatda o‘tgan Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida Ichki ishlar vazirligi mas’ullar axborotida aytib o‘tildi.
Jumladan, majlisda IIVning 2024 yilda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi borasida tegishli vazirlik va idoralar bilan olib borgan hamkorlikdagi ishlari yuzasidan axboroti eshitildi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra 2024 yilda xodimlarning tashabbusi bilan 27 953 ta jinoyat aniqlangan bo‘lib, mazkur amaliyot 23,4 foizga yaxshilangan.
Bundan tashqari, 3 880 nafar shaxslar tomonidan sodir etilgan 3 293 ta korrupsiya va iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar aniqlanib, ular oqibatida yetkazilgan 239 mlrd 584 mln so‘m miqdoridagi zarar undirilishi hamda odam savdosi jinoyatini sodir etgan 219 nafar shaxsga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlangan.
Bevosita mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Natijada jami mahallalarning 30,6 foizida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan. O‘z navbatida, jinoyatlar qayd etilgan mahallalarning 14,3 foizi “qizil” toifaga kiritilgan.
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 54 ming nafardan ortiq xotin-qizga himoya orderi berilgan. Oilaviy muammolar va zo‘ravonlikka duch kelgan xotin-qizlarning 625 nafari ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga joylashtirilgan.
Muhokama jarayonida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi yo‘nalishida muayyan kamchiliklar, o‘z yechimini kutayotgan masalalar va to‘liq foydalanilmagan imkoniyatlarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Xususan, 2024 yilda mamlakatda 132 298 ta jinoyat sodir etilgan. Jami jinoyatlar soni mamlakat bo‘yicha har 100 ming aholiga qariyb 200 tadan to‘g‘ri kelgan.
Oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyatlar soni hanuzgacha jinoyatlarning salmoqli qismini tashkil etmoqda.
Oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatchilikning asosiy ulushini o‘g‘rilik va firibgarlik jinoyatlari tashkil etib, ularning 59,4 foizi yoshlar va 36,1 foizi ilgari sudlanganlar tomonidan sodir etilgan.
Bundan tashqari, jinoyatlarning 7 mingdan ortig‘i ishsizlar tomonidan sodir etilgani, joylarda aholini ish bilan ta’minlash masalalari ham samarali hal etilmayotgani aytib o‘tildi.
Kiberxavfsizlik yo‘nalishida 58,8 mingta jinoyat sodir etilgani va ularning 97,7 foizi fuqarolarning bank plastik kartalaridagi pullarni qo‘lga kiritish bilan bog‘liqligini tanqid ostiga oldi.
Shu bilan birga, majlisda barchamizni tashvishga solayotgan yana bir masala – yo‘l-transport hodisalarining soni yuqoriligiga ham e’tibor qaratildi.
Qo‘mita raisining so‘zlariga ko‘ra avtomobil yo‘llarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari soni, unda jarohatlanganlar va vafot etganlar soni 2023 yilga nisbatan kamayishga erishilgan bo‘lsa-da, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ta’sirchan nazorat hali ham to‘liq va samarali o‘rnatilmagan.
Oqibatda hisobot davrida 9 364 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, 8 901 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 203 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisalarining 47,1 foizi haydovchilar tomonidan piyodaga yo‘l bermaslik hamda 22,8 foizi belgilangan tezlikka, 3,7 foizi uxlab qolishi va 3,6 foizi svetoforga amal qilmaslik oqibatida sodir bo‘lgan.
Respublika hududida shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashuvchi avtobuslarni nazorat qilish bo‘yicha o‘tkazilgan maxsus reyd tadbirlarida avtobusni mast holda boshqarish bilan bog‘liq 61 ta holat aniqlangan.
Ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan Qo‘mitaning aniq taklif va tavsiyalari aks ettirilgan tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Namanganda avtomobillarni ijaraga beruvchi guruhlarning 90 foiz a’zosi o‘quvchilar” - viloyat YHXB boshlig‘i
O‘zbekiston | 15:59
-
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55
-
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 15:38
-
“Suv urushi” ehtimoli: Hindiston Pokistonni suvsiz qoldirish bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 15:34
Mavzuga oid

22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

19:50 / 28.03.2025