“Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatining samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga köra, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi maxsus iqtisodiy zonalarni boşqariş böyiça vakolatli organ hisoblanadi hamda xususiy boşqaruvga berilgan maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlaştiradi.

Sanoat zonalari mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari tomonidan boşqariladi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan ularning faoliyati muvofiqlaştiriladi.

Namangan viloyatida “Namangan” maxsus eksport zonasi taşkil etiladi.

2025 yil 1 iyundan maxsus iqtisodiy zonalar iştirokçilari tomonidan mahsulotlarni işlab çiqariş va eksportga realizatsiya qiliş uçun foydalanadigan import xomaşyo, material va butlovçi qismlarni bojxona tölovlarini tölamagan holda “tovarlarni bojxona hududida qayta işlaş” bojxona rejimiga joylaştiriş orqali ularni bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş amaliyoti yölga qöyiladi.

2028 yil 1 yanvargaça maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari direksiyalari yer soliği böyiça hisoblangan summaning bir foizi miqdorida ular tomonidan ijaraga berilgan yer maydonlari uçun tölovni amalga oşirişi belgilandi.