Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston O‘zbekistonga ko‘mir eksport qilishni boshlaydi
Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlikning kuchayishi chegara punktlarining yopilishiga sabab bo‘lgan. Natijada «Tolibon» Pokistonga amalga oshirib kelayotgan ko‘mir eksportini O‘zbekistonga yo‘naltirishni rejalashtiryapti.
Foto: AFP
Afg‘onistonning Balx viloyati hokimi matbuot kotibi Hoji Zaid O‘zbekiston bilan muhim savdo kelishuvlari imzolanganini e’lon qildi, deya xabar berdi Afghanistan International.
Qayd etilishicha, «Tolibon»ning Pokiston bilan munosabatlaridagi keskinlikning oshishi chegara punktlarining yopilishiga sabab bo‘lgan. Natijada Afg‘oniston tomoni qo‘shni va mintaqaviy davlatlar, xususan, Eron va O‘zbekiston bilan savdo aloqalarini kengaytirishga intilyapti.
Shuningdek, «Tolibon» tomoni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining O‘zbekiston havo yo‘li orqali Markaziy va Janubiy Osiyo hamda Yevropa bozorlariga eksport qilinishini rejalashtirgan.
Moliya vazirligi Pokiston bilan aloqalarining uzilishi Afg‘oniston savdosiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagani va bojxona tushumlari kamaymaganini ta’kidlagan. Vazirlik muqobil kanallar orqali savdo aloqalarini mustahkamlashda tadbirkorlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Mavzuga oid
18:21 / 30.03.2026
O‘zbekiston – Afg‘oniston ishbilarmonlar kengashi tashkil etildi
08:31 / 30.03.2026
Yaponiya ko‘mir issiqlik elektr stansiyalari uchun cheklovlarni yumshatadi
09:00 / 26.03.2026
Amudaryoda qayiqda suzib o‘tgan narkokurer 10 kg gashish bilan ushlandi
13:25 / 25.03.2026