Rost yo yolg‘on? Maktabda bizni qanday aldashgan?
Ba'zi afsonalar shu qadar ishonchli tuyuladiki, ular hatto maktab ta'limiga ham singib ketgan. Necha avlod vakillari ularga aldanib kelishadi. Bunda ko‘pincha maktab o‘qituvchilari aybdor ham bo‘lib chiqadi. Trendymen ishonishga hojat qolmagan 10 afsonaga doir ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.
Buyuk Xitoy devori kosmosdan ham ko‘rinadi
Buyuk Xitoy devorini ko‘pincha kosmosdan ko‘rish mumkin bo‘lgan yagona qo‘lda bunyod etilgan predmet sifatida baholashadi. Go‘yoki Oyga qo‘ngan kosmonavtlar Yer sathida uni ko‘rishgan emish. Aslida bu devor hatto past orbitadan ham ko‘rinmaydi. Atmosferadan tashqarida bo‘lgan kosmonavtlarning guvohlik berishicha, Yerdagi hayotdan dalolat beruvchi yagona narsa - megapolislar gulxani va ekin maydonlari.
Bizda havorang qon bor
O‘qituvchilar ko‘pincha qiziqqan yoshlarga arterial qon alvon qizil rangda, venadagi tomir esa havorang bo‘lishi, faqat kislorod ta'siri ostidagina qizil rangga aylanishini aytishadi. Go‘yoki xuddi shuning uchun teridagi shishlar ko‘k rangda bo‘ladi. Aslida esa, ko‘k venalar ichida xuddi shunday qizil qon oqadi. Ularning tashqi tomondan ko‘k rangda ko‘rinishiga tomirlar va venalar shakllanuvchi to‘qimalar birikmasi sabab bo‘ladi.
Biz miyaning atigi 10 foizidan foydalanamiz
Aksariyat odamlar miyasining bor-yo‘g‘i 10 foizidan foydalanadi va faqat kamdan-kam daholar bundan ortig‘ini qo‘llashi mumkin. Inson miyasida umuman foydalanilmagan qismlar bor. Professional olim-fiziologlarning fikricha, aslida biz miyamizning deyarli barcha resurslaridan foydalanamiz va unda kun davomida ishlamay turadigan birorta qism yo‘q. Ba'zi tadqiqotchilarga ko‘ra esa, har qanday vaqtda, hatto chuqur uyquda ham miyaning 10 foizi o‘z faolligini saqlab qoladi.
Besh hissiyot organi
Bizning besh hissiyot funksiyamiz bor: ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish va his etish. Original beshburchakka birinchi marta Arastu tomonidan ta'rif berilgan, lekin bugungi kunda ko‘p ekspertlar bu sxemani yanada mayda guruhlarga bo‘lishadi. Masalan, miya predmetlarning rangi va shaklini anglash uchun javobgar zonalarga ega. Ushbu fenomenlar tufayli ba'zi ko‘zi ojizlar o‘z atrofidagi predmetlarni taxminan taniy olishadi. Shuningdek, issiq va sovuqni his qilish hamda ichki organlarning xabar beruvchi signallarini ham odatiy sxemaga qo‘shish mumkin.
Soch va tirnoqlarning o‘limdan keyin ham o‘sishi
Insonning joni uzilgandan keyin uning sochlari va tirnoqlari o‘sishdan to‘xtaydi. Yurak urishi to‘xtagandan keyin 12 soat ichida teri hujayralari o‘ladi, shuning uchun, o‘limdan keyin sochlarning o‘sishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Bundan tashqari, soch va tirnoqlar o‘sishi uchun glyukoza kerak bo‘ladi, jonsiz tana esa, tabiiyki, glyukoza ishlab chiqara olmaydi.
Lampochkani Tomas Edison ixtiro qilgan
Tomas Edisonni ko‘plab zamondoshlari haqiqiy «patentxo‘r» deb hisoblashgan. Edison haqiqatda o‘z lampa versiyasini yaratgan va ularni muvaffaqiyatli sotgan, biroq ungacha boshqa bir necha konstruksiya ham bo‘lgan. Xususan, britaniyalik olim Hemfri Devi 1806 yildayoq bugungi kundagi lampalarga o‘xshash lampalarni ishlab chiqqan. Edison esa tayyor sxemani olib, uni uy sharoitida qo‘llashga moslashtirgan, biroq uni texnologiyaning ilk kashfiyotchisi deb ta'kidlab bo‘lmaydi.
«Dunyolar urushi» premerasidan keyingi vahima
1938 yilning 30 oktabrida uzatilgan Orson Uellsning «Dunyolar urushi» radiospektakli tinglovchilarni sayyoramizga haqiqatda noma'lum uchar jismlar hujum qilayotgani borasida ommaviy vahima holatiga tushirgan. Aslida yirik ko‘lamli xaos haqidagi xabarlar spektakl yaratuvchilari murojaat qilgan marketing strategiyasining bir qismi bo‘lgan.
Tilda shirin, nordon va sho‘r zonalar bor
Bu afsona til to‘rt asosiy sektorga ajralishidan so‘zlaydi, ularning har biri shirin, nordon, sho‘r va achchiq ta'mlarni sezishga mas'ul retseptorlardir. Aslida til minglab ta'm sezgichlar bilan qoplangan bo‘lib, ularning har birida turli ta'mlarni aniqlovchi alohida hujayralar bor. Bundan tashqari, «umami» nomini olgan beshinchi ta'm ham bo‘lib, bu nordon va shirin ta'm aralashmasidir.
Saqichni yutib yuborish mumkin emas
O‘qituvchilar va ota-onalar saqich yutib yuborilsa, organizm uni hazm qilmaydi va u yetti yil davomida oshqozonda saqlanib turadi deb aytishgan. Gap shundaki, tanamiz haqiqatda saqich tarkibiga kiruvchi ba'zi sintetik materiallarni hazm qila olmaydi. Shunday bo‘lishiga qaramay, organizm ortiqcha materialdan bir necha kun mobaynida xalos bo‘ladi.
Avstraliyada suv boshqa tomonga qarab oqadi
Suvning boshqa tomonga qarab oqish fenomenini o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rish uchun Janubiy yarimsharga borishga qiziqayotgan bo‘lsangiz, chipta xarid qilishga shoshilmang. Aslida Yer magnit qutblarining suvga ta'sirini faqat katta suv havzalaridagina ko‘rish mumkin. Ochiq okeandagi voronka bu rolga ayni mos tushadi, uydagi suv quvurida esa suv oqim yo‘nalishiga quvurlar tizimidagi bosim ta'sir ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
15:02 / 25.12.2024
Ayrim maktab xodimlariga ustamalar to‘lash takomillashtiriladi
12:08 / 21.12.2024
Zagrebdagi maktabda pichoqli hujum: bir bola halok bo‘ldi, yaralanganlar bor
19:39 / 19.12.2024
Namanganda maktab direktori xizmat xonasini qimorxonaga aylantirdi
16:56 / 13.12.2024