Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi
Ta’lim muassasasida Milliy gvardiya va inspektorlar tomonidan nazorat kuchaytirilgan. Tarmoqlarda tarqalgan anonim xabar o‘z isbotini topmagan.
Foto: Yandex Maps
Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda 71-sonli maktab o‘quvchilari xavfsizligiga tahdid qilingani yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Ushbu xabarlarda maktab hududida sovuq qurol bilan «qonli qirg‘in» uyushtirilishi ta’kidlangan. «Biz qamoqdan ham, hukumatdan ham qo‘rqmaymiz, biz o‘z ambitsiyalarimizni qanoatlantirgan holda o‘z maqsadimiz tomon boramiz», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 71-sonli umumta’lim maktabida ta’lim jarayonlari boshqarma tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Bugun maktabning birinchi va ikkinchi navbatidagi darslar belgilangan jadval asosida o‘tkazilgan. Tarmoqlarda tarqalgan anonim yozilgan xabar o‘z isbotini topmagan.

«Yuqoridagi anonim yozilgan xabar o‘z isbotini topmadi. Maktab ma’muriyati, Milliy gvardiya, psixolog-inspektor ishtirokida ota-onalar va o‘quvchilar bilan tushuntirish ishlarini amalga oshirib, bu kabi asossiz xabarlarga ishonmaslikka hamda doimo hushyor bo‘lishga chaqirgan», — deyiladi munosabatda.
Mavzuga oid
18:15
Toshkentning uchta tumanida issiq suv 5 kunga o‘chiriladi
11:09
Toshkent metrosining yer usti halqa yo‘li soat 5:00 dan ishlay boshladi
18:50 / 30.04.2026
Toshkent – Xiva yo‘nalishida «Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi qatnovi 3 maydan boshlanadi
19:13 / 29.04.2026