Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV rahbari Afg‘onistonning O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yangi rahbari Abdul G‘affor Teraviyni qabul qildi. Yangi loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Foto: TIV
9 oktyabr kuni tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning Toshkentdagi diplomatik missiyasi yangi rahbari Abdul G‘affor Teraviyni qabul qildi.
Tomonlar O‘zbekiston va Afg‘oniston aloqalarini har tomonlama rivojlantirish, ishlatilmagan salohiyatni ro‘yobga chiqarish, ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qiladigan yangi loyihalar ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.
Abdul G‘affor Teraviy O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilayotgan doimiy yordam uchun Afg‘oniston nomidan minnatdorlik bildirdi.
«Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mushtarak tarix va farovonlik manfaatlari barcha sohalardagi hamkorlik aloqalarimizni rivojlantirishga turtki bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi uchrashuvimiz davomida ikki tomonlama, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildik», — deb yozdi Baxtiyor Saidov Telegram-kanalida.
Afg‘oniston tomoni Abdul G‘affor Teraviyning O‘zbekistondagi elchi etib tayinlanganini avgust oyi oxirida ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
13:38 / 26.12.2025
Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaytiriladi
17:50 / 25.12.2025
Afg‘on chegarasidagi otishmada tojikistonlik harbiylar halok bo‘ldi
13:46 / 19.12.2025
Germaniya 535 nafar afg‘onistonlikni qabul qiladi
14:51 / 18.12.2025