Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo va Xorazm viloyatlari böyiça boşqarmalari tomonidan ötkazilgan tadbirlarda ikki holatda yirik miqdordagi narkotik moddalar aniqlandi.

Xususan, Qöşköpir tumanida yaşovçi, 1985 yilda tuğilgan, muqaddam narkojinoyat uçun sudlangan şaxs Urganç tumani hududida töxtatilib tekşirilganda, uning yonidan 4 kg 407 gramm “opiy” moddasi topilib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.

Şuningdek, “Beruniy–Urganç” yönalişida harakatlanayotgan “Lasetti” avtomaşinasi Urganç tumanidagi “Çoliş” YPX maskanida töxtatilib tekşirildi. Unda ketayotgan, Qöşköpir tumanida yaşovçi, 2002 yilda tuğilgan va muqaddam sudlangan şaxsga tegişli 4 kg 541 gramm “opiy” moddasi borligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.

Ma’lum qilinişiça, har ikki holatda ham gumonlanuvçilar Afğonistondan kontrabanda yöli bilan olib kelingan narkotik moddalarni Xorazm viloyati hududida sotişni rejalaştirişgan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fuqarolardan bunday holatlarga befarq bölmaslik va DXXning 1520 qisqa raqami orqali xabar beriş söraldi. Şaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi kafolatlanişi ta’kidlandi.