O‘zbekistonda boylarni soliqqa tortishning alohida tizimini joriy etish rejalashtirilyapti
Soliq qo‘mitasi tomonidan eng yuqori daromadli jismoniy shaxslardan soliq undirish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar ishlab chiqilyapti. Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevga ko‘ra, yangi tizim boylarning nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda olgan daromadlarini ham soliqqa tortishni nazarda tutadi.

Foto: Flickr / Marcel Lech Photography
O‘zbekistonda boy fuqarolarni soliqqa tortishning alohida tizimini yaratish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 1 aprel kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi, deya xabar berdi Kun.uz muxbiri.
«Agar O‘zbekiston aholisi qariyb 38 mln kishini tashkil etsa, shundan 18 mln nafardan ortig‘i daromadga ega hamda soliq to‘lashi kerak bo‘lgan aholi hisoblanadi. Ularni segmentlash orqali eng yuqori daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun soliqlarni to‘lash va undirish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar ishlab chiqqanmiz. Ularning to‘liq bazasi yaratilib, bu orqali birorta jismoniy shaxs o‘z daromadini soliqdan qochish maqsadida kamaytirish yoki o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydigan tizim bo‘ladi», — dedi Mubin Mirzayev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi elektron tizimni ishlab chiqish uchun qo‘mitaga taxminan yana bir yil kerak bo‘lishi mumkin. Rejalashtirilgan tizim nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda olingan daromadlarni ham soliqqa tortishni nazarda tutadi.
Agar O‘zbekiston rezidenti chet elda daromad olsa, mamlakatda soliq to‘lashi kerak bo‘ladi. Norezidentlar bilan bog‘liq holatda Soliq qo‘mitasi ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish uchun chet elda soliq to‘lashni hisobga oladi.
Avvalroq, 2027 yildan boshlab san’atkorlardan daromad solig‘i majburiy undirilishi xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi
Iqtisodiyot | 20:43
-
Polsha davlat reyestriga keng ko‘lamli kiberhujum uyushtirildi
Jahon | 20:43
-
AQShda Starbucksʼning 3D-printerda bosilgan birinchi qahvaxonasi ochildi
Fan-texnika | 20:40
-
1-2 may kunlari ayrim hududlarda sel-suv toshqini yuz berishi mumkin
O‘zbekiston | 20:36
Mavzuga oid

08:30
Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar qancha soliq to‘lagani aytildi

23:25 / 24.04.2025
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi

18:13 / 22.04.2025
Soliqdan qochgan tadbirkor ilk marta qo‘lga tushganida zararni qoplab, yengillik olishi mumkin

19:37 / 18.04.2025