Qizilqum qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga O‘rta Osiyo qunduzi muhrlandi
So‘nggi yarim asrda keskin qisqargan ushbu tur faqat Hisor-Oloy tog‘i daryosidagina qayd etilgan.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Qizilqum davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonga O‘rta Osiyo qunduzi muhrlandi.
O‘rta Osiyo qunduzi yo‘q bo‘lib ketayotgan, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil ro‘yxati va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan sutemizuvchi hayvon turi hisoblanadi. Tog‘ va tekislikdagi daryolar, ko‘llarda hayot kechiradi.
Baliqqa boy chuchuk suv havzalari yashashi uchun qulay muhit hisoblanadi. O‘tgan asrning o‘rtalarigacha Sirdaryo, Zarafshon, Amudaryo va uning quyilishida keng tarqalgan. So‘nggi yarim asrda keskin qisqargan ushbu tur faqat Hisor-Oloy tog‘i daryosidagina qayd etilgan.
Mavzuga oid
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
10:44 / 10.05.2024
Markaziy Qizilqum tabiat bog‘ida ilk bor saqoqushlar galasi qayd etildi
14:36 / 21.03.2024
Qizilqum bag‘ridagi tibbiyot - turli hududlardan kelib ishlayotgan shifokorlar hayotidan reportaj
16:05 / 19.03.2024