Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi tasarrufidagi Markaziy Qizilqum milliy tabiat boği hududida ilk bor saqoquşlar galasi qayd etildi.
Saqoquşlar yirik dengiz quşlari bölib, ularning tanasi uzunligi 130-180 sm va vazni 7-14 kgga yetadi.
Özbekistonda saqoquşlarning ikki — puşti va jingalak turi ma’lum.

Ular Tabiatni muhofaza qiliş xalqaro ittifoqining Qizil röyxatiga va Özbekiston Qizil kitobiga yöqolib ketiş xavfi ostida turgan tur maqomi bilan kiritilgan.









