Navoiy viloyatiga ta’rif berilganda eng sözi köp işlatiladi. Özbekistondagi «eng yoş», «hudud jihatdan eng katta», «eng kam aholi istiqomat qiladigan», «tabiiy qazilma boyliklari sabab iqtisodiyotdagi uluşi eng köp bölgan» hudud — Navoiy viloyatidir. 46,63 ming kvadrat kilometr maydonni egallagan Uçquduq Navoiyning hudud jihatdan eng katta tumani hisoblanadi. Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmatining «Tibbiy rakurs» dasturi doirasida navbatdagi manzili Uçquduq tumani böldi.

Tuman maydoni jihatidan Andijon viloyatidan 10 barobar, Xorazmdan 7 barobar, Samarqand, Jizzax va Surxondaryo viloyatlaridan qariyb 2 barobar katta maydonni egallaydi. Qizilqum çölida joylaşgan tumanda 37 ming nafardan aholi istiqomat qiladi.

Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi

 Uçquduq tumanining tibbiy salohiyati qanday?

Tuman tibbiyot birlaşmasi tarkibida hudud aholisiga xizmat körsatuvçi köp tarmoqli markaziy poliklinika va markaziy şifoxona, 75 qatnovga möljallangan oilaviy poliklinika va 25 qatnovli 7 ta oilaviy şifokor punkti mavjud.

Öz vaqtida tuman tibbiyot birlaşmasi binolari xarob ahvolga tuşib qolgan edi. Tuğuruq xonalari ham, operatsiya kabinetlari ham şu oğir şaroitdagi binoda bölgan. Tuman markaziy şifoxonasining foydalanişga topşirilgan yangi binosi esa bugungi tibbiyotimizning asosiy talablariga javob bera oladigan, zamonaviy körinişdagi majmuadir.

Şifoxona 80 öringa möljallangan bölib, uçquduqliklarga statsionar tibbiy xizmatlar körsatib keladi. 125 qatnovga möljallangan tuman köp tarmoqli markaziy poliklinikasiga esa kuniga 300 nafargaça fuqaro murojaat qiladi.