Texnologiya | 07:40 / 02.02.2026
11726
2 daqiqa o‘qiladi

Ixtirochilar reytingi: patentlar soni bo‘yicha yetakchilar

Har yili dunyo bo‘ylab kompaniyalar va tadqiqotchilar o‘n minglab patentlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi. Infografikada patent mualliflari orasida eng faollari qatoriga kirgan ixtirochilar ko‘rsatilgan.

Foto: iStock

Yapon ixtirochisi Syumpey Yamadzaki — bir inson nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan patentlar soni bo‘yicha jahon rekordchisi: 20 mingdan ortiq. 2025 yilda uning bu yutug‘i «Ginnes rekordlar kitobi» tomonidan qayd etildi.

Yamadzakining ishlanmalari, avvalo, yarimo‘tkazgichlar, displeylar va analog sun’iy intellekt texnologiyalariga taalluqli. Uning patentlari turli mamlakatlarda — jumladan Yaponiya, AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy va Germaniyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Kia Silverbruk — avstraliyalik mustaqil ixtirochi. Patent hujjatlari bo‘yicha xalqaro INPADOC bazasida unga 9,8 mingdan ortiq patent va patent arizalari to‘g‘ri keladi. Uning ixtirolari, xususan, sanoat avtomatlashtirishi, suyuq kristalli displeylar va genetik tahlil bilan bog‘liq.

Syaosya Chjan — infografikaga kiritilgan yagona ayol. Uning asosiy ixtisosligi — simsiz aloqa tizimlari, jumladan 5G texnologiyalari. Shuningdek, u «narsalar interneti» (IoT) yo‘nalishi bilan ham shug‘ullanadi.

Tomas Edison infografikaga kirgan boshqa tadqiqotchilarga nisbatan patentlar soni bo‘yicha ortda qolgan. Biroq uning yutuqlari zamonaviy muhandislik va ilm-fan uchun mustahkam poydevor qo‘ygan. Uning eng mashhur ixtirolari qatorida fonograf va elektr qizdirma chirog‘ining ilk tijorat jihatdan muvaffaqiyatli variantlaridan biri bor.

Infografika mualliflari «Vikipediya» va «Ginnes rekordlar kitobi» ma’lumotlaridan foydalangan. Ixtirochilarning patentlari soni tasniflash usullariga qarab farq qilishi va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib borishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid