Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlarning farzandi va patent egalari uchun qoidalar kuchaytiriladi
Yangi qonun loyihalariga ko‘ra, migrantlarning 18 yoshga to‘lgan farzandi 30 kun ichida Rossiyadan chiqib ketishi yoki o‘z patentini rasmiylashtirishi shart.
Rossiya Davlat Dumasi 18 mart kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda mehnat migratsiyasi sohasidagi ikkita qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Qonun loyihalariga ko‘ra, migrantlarning 18 yoshga to‘lgan farzandi 30 kun ichida Rossiyadan chiqib ketishi yoki o‘z patentini rasmiylashtirishi shart.
Bundan tashqari, mehnat migrantlari nafaqat hozirgidek o‘zi uchun, balki Rossiyada qaramog‘ida bo‘lgan barcha oila a’zolari uchun qat’iy belgilangan avans to‘lovi shaklida soliq to‘lashi kerak.
Migrantga berilgan patent yoki ishlash uchun ruxsatnoma uning daromadlari miqdori to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmaganda yoki daromadlar miqdori unga va oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan mintaqaviy yashash minimumidan kam bo‘lganda bekor qilinadi.
Shuningdek, vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma yoki yashash guvohnomasini olgan chet elliklar uchun shartlarni kuchaytirish taklif qilinmoqda. Agar mehnat faoliyati yil davomida o‘n oydan kam vaqtda amalga oshirilgan bo‘lsa, ular berilmaydi yoki bekor qilinadi.
Mavzuga oid
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
08:45 / 09.06.2026