Iqtisodiyot | 12:30 / 26.11.2022
32723
1 daqiqa o‘qiladi

Oziq-ovqat mahsulotlari minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazildi.

Foto: Kun.uz

Uning natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi.

2022 yil 23 noyabr holatiga: 

suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 49 500 – 78 000 so‘m;
qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 58 000 – 91 000 so‘m;
kartoshka (1 kg) ➖ 3 000 – 6 000 so‘m;
piyoz (1 kg) ➖ 2 500 – 5 000 so‘m;
sabzi (1 kg) ➖ 2 000 – 5 500 so‘m;
tuxum (10 dona) ➖ 10 000 – 17 000 so‘m;
guruch (1 kg) ➖ 6 000 – 26 000 so‘m;
o‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 16 500 – 30 000 so‘m;
shakar (1 kg) ➖ 11 000 – 17 000 so‘m.

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Mavzuga oid