Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi Respublika tovar-xomaşyo birjasida propan narxining yuqori çegarasini belgiladi. Bu haqda bir neçta bozor iştirokçilariga tayanib Spot xabar berdi.
Qayd etilişiça, qömitaning 5 noyabrdagi topşiriğiga köra, çorşanba kunidan boşlab suyultirilgan gaz uçun boşlanğiç narxiga nisbatan 20 foiz miqdorida çeklov (spred) joriy etilgan.
Uşbu qaror narxlarga sezilarli ta’sir qila boşlagan. Xususan, 6 noyabr kungi savdolarda propanning örtaça narxi tonnasiga 1,2 mln sömdan köproqqa pasayib, 8,9 mln sömgaça arzonlaşgan.
Avvalroq, 5 iyundan 5 noyabrgaça bölgan davrda birja savdolarida propanning 1 tonnasi 5,3 mln sömdan 10,2 mln sömgaça yoki 91,4 foizga oşgani xabar qilingandi.








