Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qituvchilar oylik maoshi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha oshiriladi
AOKAda mamlakatda ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantirish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan prezident farmoni loyihasi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Foto: KUN.UZ
Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatovning ma'lum qilishicha, sinf rahbarligi uchun to‘lovlar 1,5 baravarga oshiriladi. Metodistlarning ish haqi miqdori oliy toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.
Bitiruvchilarining OTMlarga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan umumta'lim muassasalari rahbar xodimlari rag‘batlantiriladi. Shuningdek, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblarining o‘qituvchilariga to‘g‘ridan to‘g‘ri oliy malaka toifasi beriladi.
Xalq ta'limi vazirining ta'kidlashicha, 2024 yilga qadar yuqori natijalarga erishgan pedagoglarning oylik maoshi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha bosqichma-bosqich oshiriladi.
Shuningdek, xalq ta'limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etiladi.
Mavzuga oid
22:05 / 11.07.2025
Qanday qilib pulni samarali tejash mumkin?
16:54 / 10.07.2025
Oylikni keyingi oylikkacha yetkazish: samarali taqsimot
16:08 / 16.06.2025
1 avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi
15:54 / 04.06.2025