Hukumatning 2026 yil 16 apreldagi 175-son qarori bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Unga köra, ta’lim taşkilotlarida mehnat şartnomasi asosida faoliyat yurituvçi pedagog şaxslar uçun bir qator davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini taşkil qilişi belgilandi.

Jumladan, mazkur imtiyoz köçmas mulk kadastriga oid xizmatlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş, umumta’lim fanlarini biliş darajasini aniqlaş va sertifikatlaş, traktorçi-maşinist guvohnomasi uçun imtihonga ruxsat oliş, şuningdek, rasmiy hujjatlarga apostil qöyiş kabi xizmatlarga tatbiq etiladi.

Şu bilan birga, ixtisoslaştirilgan maktablar va maktab-internatlar rahbar xodimlari har 5 yilda bir marta işdan ajralgan holda Madaniyat vazirligi tomonidan taşkil etiladigan menejerlik öquv kurslarida iştirok etişi belgilandi.

Bundan taşqari, ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalarida öquOvçilarni öqişdan çetlaştiriş, boşqa yönalişga ötkaziş va öqişini köçiriş tartibi ham aniq belgilab berildi.