Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rishton tumanida yapon tilini o‘rgatish va fuqarolarni Yaponiyaga ishga yuborish yo‘lga qo‘yiladi
Foto: Rishton tumani hokimligi
Yaponiyaning Gunma prefekturasi Tomioka shahri meriyasi vakillari X. Shimoyama va G.Fudjimalar rahbarligidagi delegatsiya Rishton tumaniga tashrif buyurdi. Ular tuman hokimligi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Tomioka va Rishton shaharlarini birodar shaharlarga aylantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikrlar almashildi.
Suhbat davomida yangi tashkil etiladigan “Rishton-Tomioka” tajriba bog‘ini yaratish, Rishtonlik yoshlarni Yaponiyada qonuniy mehnat migratsiyaci asosida ishlash masalalari muhokama qilindi.
Ta'kidlanishicha, "Rishton-Tomioka" tajriba bog‘i uchun 3,5 gektar yer ajratilgan. Kelgusida bu yerda issiqxona tashkil qilinib, yapon tajriba bog‘i uchun 100 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etiladi. Loyiha qiymatini 1 mln dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Barcha daraxt ko‘chatlari aynan Yaponiyadan keltirilgani bois, boqqa kirgan har qanday odam go‘yo kunchiqar mamlakatda yurgandek tasavvurga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, hozirgi kunda Yaponiya mamlakati aholisining keksayish darajasi baland bo‘lgani hisobiga u yerda qonuniy mehnat migratsiyasiga, ya'ni mehnat kuchiga bo‘lgan ehtiyoj kattaligi alohida ta'kidlab o‘tildi, - dedi tuman hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdusalom Siddiqov.
Uchrashuv davomida 2018 yildan Yaponiyaga Rishton tumani yoshlarini ishlash va o‘qishga jo‘natishga kelishib olindi. Buning uchun yoshlarga ''Rishton-Yaponiya" madaniyat markazi huzuridagi maxsus maktabda uch oy yapon tili o‘qitiladi va imtihonlar Yaponiyadan kelgan mutaxassislarga topshiriladi. Muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yaponiyada ishlash huquqini qo‘lga kiritadi.
Mavzuga oid
17:23
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
16:25
Marg‘ilonda tergov boshlig‘i 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U aybsiz odamni qamatib berish uchun 18 ming dollar so‘ragan
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
17:20 / 07.01.2026