Toşkentning Eşonguzar bozorida poyabzal sotadigan savdogar tuhmat ortidan Farğonada 40 kun qamoqda saqlandi: uning böyniga 100 ming dollar ilişmoqçi bölişdi. Savdogarga nisbatan qözğatilgan “delo”ni sudga çiqarib berişni va’da qilgan Marğilon şahar IIB tergov bölimi boşliği Akbar Murtazaqulov bu “xizmati” uçun 18 ming dollar söragan. Ammo sönggi lahzada bu işda barçasi teskari, ya’ni jabrlanuvçi aslida jinoyatçi, jinoyatçiga çiqarilgan şaxs esa jabrlanuvçi ekani oşkor bölgan.

Marğilon şahar IIB tergov bölimi boşliği lavozimida işlagan Akbar Murtazaqulov jinoiy jazoga tortildi. U aybsiz şaxsga oçilgan jinoyat işini ayblov xulosasi bilan sudga çiqarib berişni va’da qilib, buning uçun 18 ming AQŞ dollari talab qilgan. “Bir paçka prokurorniki, 5 sudniki, viloyat 3 sörayapti”, degan u.

100 ming dollarlik mazkur “öyin” ikkita jinoyat işidan iborat: biri rejani tuzgan Şohnur Xalilovga nisbatan, ikkinçisi uşbu rejani amalga oşiriş uçun 18 ming dollar söragan Akbar Murtazaqulovga nisbatan qözğatilgan. Şu sababli, Marğilon şahar IIB tergov bölimi boşliğining jinoyatini tuşuniş uçun Şohnur Xalilovning jinoyatiga ham töxtalib ötiş lozim.

Soxta dalil

2024 yil 11 may. Fuqaro Şohnur Xalilov Marğilon şahar IIB boşliğiga ariza bilan murojaat qilib, Toşkent şahrida yaşovçi, poyabzal savdosi bilan şuğullanuvçi Zayni Eşonqulov 100 ming dollar pulini firibgarlik yöli bilan qölga kiritganini aytgan.

U gapiga dalil sifatida özi va Zayni Eşonqulov örtasidagi suhbat aks etgan videotasvirni taqdim etgan. Unda Şohnur Xalilov Zayni Eşonqulovdan 100 ming dollar qarzini qaçon berişini söragani, bunga javoban Zayni Eşonqulov 50 ming dollarini ertaga, qolganini 5 kundan keyin berib yuborişini aytgani aks etgandi.

Aslida bu özini jabrlanuvçi qilib körsatgan Şohnur Xalilovning 100 ming dollarlik jinoiy rejasi edi.

Gap şundaki, Marğilondagi poyabzal işlab çiqaruvçi korxona dileri bölgan Şohnur Xalilov poytaxtdagi Eşonguzar bozorida oyoq kiyim sotadigan Zayni Eşonqulovga 50 mln sömlik şippak bergan. Ammo Eşonqulov yoz mavsumi davomida uşbu tovarning barçasini sota olmagan hamda Xalilovdan 17 mln söm qarz bölib qolgan. Barçasi şundan boşlangan.

Biznes şeriklar örtasida 17 mln söm “oldi-berdi” bölgan öşa kunlarda Şohnur Xalilov Zayni Eşonqulovga sim qoqib, uni Marğilonga çaqirgan. “Ikkita korxona dilerligini oldim. Kelsangiz uşbu korxonalardan tovar olib beraman”, degan u va Telegram orqali lokatsiya taşlab bergan.