Kuniga 6,6 kilovattdan ko‘p sarflangan elektr uchun qimmat narxda to‘lov qilinishi rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi uchun yangi joriy etilgan o‘suvchan oylik tariflar kunlik iste’mol uchun alohida tarzda amal qilayotgani haqida xabar tarqaldi. Unda kunlik sarfi 6,6 kVt/soatdan oshgan tok uchun qimmat narxda to‘lov qilinishi aytilgan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” xabariga ko‘ra, 2024 yil 1 maydan O‘zbekiston aholisi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlariga oylik ijtimoiy norma joriy etildi. Xususan, bir oyda 200 kVt/soatgacha sarflangan elektr energiyasi to‘lovi 450 so‘mdan (1 kilovattga), undan oshgan qismiga o‘suvchan tariflarda to‘lov qilinishi belgilandi.
Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar asossiz bo‘lib, ijtimoiy norma oylik ko‘rsatkichlarga muvofiq amal qiladi.
Bir oyda 200 kilovattgacha elektr energiyasi ishlatgan xonadon egasi 1 kilovatt soat uchun 450 so‘mdan to‘laydi. Iste’mol mazkur ko‘rsatkichdan oshsa, ya’ni 1000 kilovatt soatgacha ishlatilgan bo‘lsa, 200 kilovatt soatgacha — 450 so‘m, qolgan 800 kilovatt soatga — 900 so‘mdan to‘lov qilinadi. Mazkur o‘suvchi tariflarni hisoblashda hamda xabarda keltirilganidek, elektr energiyasi sarfi kunlik iste’mol miqdorida emas, balki iste’molchining bir oy davomidagi ko‘rsatkichi asosida hisoblanadi.
Misol keltirilishicha, iste’molchi bir oyda 300 kilovattgacha elektr energiyasi ishlatgan bo‘lsa, xonadon egasi 200 kilovattga 1 kilovatt soat uchun — 450 so‘m, qolgan 100 kilovatt soat uchun 900 so‘mdan to‘laydi. 2024 yil 1 iyundan iste’molchilarga foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha oylik ma’lumot “bazaviy me’yor” va undan ortiq hajmlar kesimida yuboriladi.
Mavzuga oid
08:50 / 19.11.2024
Uch hududda 671 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
09:14 / 18.11.2024
1,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan oshxona fosh etildi
16:58 / 16.11.2024
O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatini 27 gigavattga oshirmoqchi
09:00 / 13.11.2024