Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabariga köra, Muborak va Koson tumanlarida faoliyat yurituvçi “O.”, “Yo.K.” hamda “O.B.” fermer xöjaliklari mas’ul şaxslari tijorat maqsadida elektr suv nasoslarini umumiy foydalanişdagi tarmoqqa özboşimçalik bilan ulagan. Natijada jami 413,1 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Şuningdek, Namangan viloyatida “S.S.” xususiy korxonasi rahbari B.M. elektr tarmoqlari korxonasi bilan şartnoma tuzmasdan, umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulangan. Oqibatda jami 148,1 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Bundan taşqari, Termiz şahrida YaTT J.M. tijorat maqsadida umumiy foydalaniş elektr tarmoğiga ulanib, 110,6 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.








