Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kadastr agentligining vazifa va funksiyalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi to‘g‘risidagi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.
Foto: Shutterstock
Norma’ning yozishicha, quyidagi hujjatlar tasdiqlandi:
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi to‘g‘risidagi nizom (1);
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risidagi nizom (2).
Nizom (1) DSQ huzuridagi Kadastr agentligining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas'uliyatini belgilaydi.
Agentlikning asosiy vazifalari:
a) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida:
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlash;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta'minlashga va yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirish;
b) geodeziya va kartografiya sohasida:
geodeziya va kartografiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlash;
aerokosmik suratga olish, topografiya, geodeziya i kartografiyaga oid izlanishlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar ma'lumotlari va materiallaridan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirish;
davlat kartografiya-geodeziya kadastrini yuritish;
davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish;
v) davlat kadastrlarini yuritish sohasida:
davlat kadastrlarini yuritish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlash;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, hududlar davlat kadastrining samarali yuritilishini ta'minlash;
davlat kadastrlarini yuritish tartiblariga rioya qilinishini ta'minlashga qaratilgan davlat kadastr nazoratini amalga oshirish;
g) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
d) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ta'minlash.
Agentlik joylashgan manzil: Toshkent sh., Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, «Ts» massivi, 100097.
Nizomga (2) muvofiq Davlat kadastrlari palatasining asosiy vazifalari jumlasiga geofazoviy ma'lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ham kiritilgan.
Mavzuga oid
15:58 / 20.11.2025
O‘zbekistonda Urbanizatsiya qo‘mitasi tuzildi. Unga Sherzod Qudbiyev rahbarlik qiladi
15:35 / 23.09.2025
Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallashni nazorat qilish raqamli asosga o‘tkaziladi
12:13 / 11.09.2025
Qishloq xo‘jaligi yerlariga oid huquqlar bo‘yicha aniqlik kiritildi
11:12 / 13.08.2025