O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi tashkil etildi. Bu haqda prezident farmoni e’lon qilindi.
Urbanizatsiya qo‘mitasiga Sherzod Davlatovich Qudbiyev rais etib tayinlandi. U 2020 yil may oyidan 2022 yil oxirigacha Soliq qo‘mitasini boshqargan, 2023 yilda sakkiz oy iqtisodiyot va moliya vaziri sifatida ishlab, o‘sha yil avgustida Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga qaytarilgan edi.
Urbanizatsiya qo‘mitasi – urbanizatsiya jarayonlari, uy-joy qurilishi, renovatsiya va ipoteka sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi dasturlarni muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Qo‘mita o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasi bilan uzviy hamkorlikda tashkil etadi va amalga oshiradi. Bunda Vazirlar Mahkamasi urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solish, uy-joy qurilishi, renovatsiya va ipoteka dasturlarini hamda samarali davlat uy-joy siyosatini amalga oshirishda Urbanizatsiya qo‘mitasiga har tomonlama ko‘maklashadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Urbanizatsiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi.
Kadastr agentligi direktori Farrux Po‘latov Soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlandi
Quyidagi masalalarni o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Urbanizatsiya qo‘mitasi bilan majburiy kelishilishi shart deb belgilandi:
- uy-joylar qurilishida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari;
- Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar markazlari va boshqa aglomeratsiyalarda uy-joy hamda noturar joy majmualarini qurish loyihalarini amalga oshirish;
- “Yangi O‘zbekiston” massivlarida va boshqa massivlarda ko‘p kvartirali uylar qurilishi bo‘yicha yillik maqsadli ko‘rsatkichlarni tasdiqlash;







